Jovanoli Raffaello
JOVANOLI (Giovagnoli) Raffaello (1838.13.3 - Rim - 1915.15.8) -italyan yozuvchisi. Risorjimento qatnashchisi, J. Garibaldi safdoshi boʻlgan. J.ning Qadimgi Rim haqidagi "Plautilla" (1878), "Saturnino" (1879), "Messalina" (1855) va b. tarixiy romanlarida mustabid tuzumga qarshi romantik kurash ohangi jaranglab turadi. Mil.gacha boʻlgan 1-asrdagi qullar va gladiatorlarning qoʻzgʻoloni haqidagi "Spartak" (1874) romani J.ga shuhrat keltirdi. Bu roman bir oz sentimental ruxda yozilganiga qaramasdan, qad. oʻtmishda zulmga qarshi kurashgan isyonkor obrazini ulugʻlaydi. Muallif romanida ijtimoiy adolat va teng huquqlik uchun kurashga daʼvat etadi. J.ning "Spartak" romani Rustam Abdurahmonov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1970).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |