Juftak
Juftak — miskarlik asbobi. Asosan mis idishlarni kavsharlashda ishlatiladi. Ombirga oʻxshaydi, biroq undan ancha kichik, yupqa va nozik boʻladi. Juftak soatsozlikda ham (soat qismlarini qimtib olib, joy-joyiga qoʻyishda) ishlatiladi. Juftakni ilgari chilangar ustalar yasagan. Hozir juftak oʻrnida asbobsozlik zavodlarida ishlangan qisqich (pinset) va boshqa asboblar qoʻllanadi[1].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |