Jugjur
Jugjur — Oxota dengizining shimoliy-gʻarbiy sohilidagi togʻlar. Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk oʻlkasida. Uzunligi qariyb 700 km. Bal. 800—1200 m, eng baland joyi Topko togʻi (1906 m). Janubiy-gʻarbiy qismi gneys va granit, shimoliy-sharqiy qismi slanets va ohaktoshlardan (ustini lava va tuflar qoplagan) tuzilgan. Iqlimi qattiq qishli musson iqlimi. Sohil boʻyida kedr butalari, 1300 m balandlikkacha ayan qaragʻayi, daur tilogʻochi usadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |