Julian Alvares (ispancha: Julián Álvarez) — argentinalik futbolchi, Angliyaning „Manchester City“ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi. Amerika Kubogi 2021 gʻolibi. Oʻsha yili u Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Julián Álvarez Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 31-yanvar 2000-yil(22 yosh)
Argentina
Fuqaroligi
Boʻyi 170 sm
Pozitsiyasi hujumchi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Anglii Manchester City
Raqami 19
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Alvares Kordova provinsiyasidagi Kalsin kichik shaharchasida tugʻilgan. U yoshligidan futbol oʻynashni boshlagan va 11 yoshida oʻta havaskor futbolchi boʻlib ulgʻaygan. Oʻsha yoshida u Argentinaning yetakchi klublari „Boka Xuniors“ va „River Pleyt“ maktablarida koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtdi, Ispaniyaga tashrif buyurdi, u yerda „Real Madrid“da koʻrikdan oʻtdi va "Barcelona" klubiga taklif qilindi. Biroq, Julian oilasi bilan xayrlashishni istamay, koʻchib oʻtishdan bosh tortdi[2]. 2016-yilning yanvarida u „River Pleyt“ning yoshlar jamoasiga qoʻshildi[3].

2018-yil 27-oktabr kuni „Aldosivi“ga qarshi o‘yinda Argentina Primer ligasida Rodrigo Mora o‘rniga ikkinchi bo‘limda debyut qildi[4]. „Independiente“ga qarshi bahsda Julian „River Pleyt“ safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yili Alvares 5 ta oʻyinda maydonga tushib, Braziliyaning „Internasional“ klubiga qarshi oʻyinda gol urib, klubga Libertadores kubogini yutishda yordam berdi[5].

2020-yilda Libertadores kubogida Alvares Ekvadorning „LDU Kito“, Peruning „Deportivo Binacional“ vaSan-Paulu“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda 5 ta gol urdi[6][7][8].

2021-yilda Alvares 18 ta gol bilan Argentina ligasining eng yaxshi toʻpurariga aylandi. „River Pleyt“ 36-marta chempionlikni qoʻlga kiritdi. Jamoa Libertadores kubogining 1/8 finaliga ham chiqdi. Argentina terma jamoasida ham hujumchi Amerika kubogi gʻolibiga aylandi. Urugvayning „El Pais“ gazetasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada Julian Alvares 2021-yil Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

2019-yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Alvares Chilida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi, u yerda Julian ramziy „turnir jamoasi“ga kiritildi[10]. Turnirda u Paragvay, Peru, Venesuela, Kolumbiya, Braziliya va ikki marta Ekvador va Urugvayga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[11][12][13][14][15][16][17][18][19][20]. Kolumbiyaliklarga qarshi bahsda Julian gol urgan.

Oʻsha yili Alvares Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Afrikaliklarga qarshi kechgan duelda Julian gol urdi.

2021-yilning 4-iyun kuni JCh-2022 saralashida Chiliga qarshi oʻyinda Alvares Argentina terma jamoasi safida debyut qildi[21]. Oʻsha yili Julian terma jamoa bilan Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida gʻolib chiqdi. Turnirda u Boliviya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[22]. 2022 yili Qatarda bo'lib o'tgan Jahon Chempionati finalida Argentina jamoasi safida jahon kubogiga ega chiqdi.

Statistika tahrir

2022-yil 27-sentabr holatiga ko`ra[23]
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Argentina terma jamaosi 2021 5 0
2022 6 2
Jami 11 2

Manbalar tahrir

  1. FIFA World Cup 2022 Sticker Album — 80 s. — ISBN 978-65-5516-143-4
  2. „Quién es Julián Álvarez, la joya de River que quiere explotar en el 2019“ (es). Goal.com (2018-yil 29-dekabr). 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-mart.
  3. „Álvarez: "Llego al gol por consecuencia del juego"“ (es). Club Atletico River Plate (2017-yil 25-oktyabr). 2019-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-mart.
  4. „Ривер Плейт VS. Альдосиви 1:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 27-oktyabr).
  5. „Ривер Плейт VS. Интернасьонал 2:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 8-may). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  6. „Ривер Плейт VS. ЛДУ Кито 3:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 21-oktyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  7. „Сан-Паулу VS. Ривер Плейт 2:2“ (en). soccerway.com (2020-yil 18-sentyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  8. „Ривер Плейт VS. Сан-Паулу 2:1“ (en). soccerway.com (2020-yil 1-oktyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  9. „Julián Álvarez, do River Plate, desbanca Gabigol e Gómez e é eleito Rei da América de 2021“ (pt). Globo (2021-yil 31-dekabr). 2022-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-yanvar.
  10. „El 11 ideal del Sudamericano Sub 20 – Chile 2019“ (es). CONMEBOL.com (2019-yil 12-fevral). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
  11. „Аргентина (до 20) VS. Уругвай (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 7-fevral). 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  12. „Уругвай (до 20) VS. Аргентина (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 25-yanvar). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  13. „Эквадор (до 20) VS. Аргентина (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 29-yanvar). 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  14. „Аргентина (до 20) VS. Эквадор (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 22-yanvar). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  15. „Аргентина (до 20) VS. Бразилия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 11-fevral). 2020-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  16. „Аргентина (до 20) VS. Колумбия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 1-fevral). 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  17. „Венесуэла (до 20) VS. Аргентина (до 20) 0:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 5-fevral). 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  18. „Аргентина (до 20) VS. Перу (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 26-yanvar). 2021-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  19. „Парагвай (до 20) VS. Аргентина (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 20-yanvar). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  20. „Аргентина (до 20) VS. Уругвай (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 7-fevral). 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  21. „Аргентина VS. Чили 1:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 4-iyun). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  22. „Боливия VS. Аргентина 1:4“ (en). soccerway.com (2021-yil 29-iyun). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
  23. „Julián Álvarez“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.

Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:CountryData/cacheB' not found.