Juma masjid (Boku)
40°21′56″N 49°50′08″E / 40.36556°N 49.83556°E
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Shahar | Boku |
Yoʻnalishi | shia islom |
Masjid turi | Jo’me-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokor | Hoji Sheyxali Ogʻa Dadashov |
Asosiy sana: | |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Juma masjid (Boku) Vikiomborda |
Juma masjidi (ozarbayjoncha: Cümə məscidi) – Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida joylashgan masjid. Masjidi XII-asrda zardushtiylar ibodatxonasi oʻrnida qurilgan[1].
Masjidda shunday yozuv bor: „Amir Sharafuddin Mahmud bu masjidni hijriy 709-yil rajab oyida (1309) tiklashni buyurdi“[2]. Masjidning shimoliy devorida minora oʻrnatilgan boʻlib, u 1437-yilda stalaktitlar bilan oʻralgan.
Tarixiy Ichki shaharda joylashgan masjid bir necha bor qayta qurilgan. Hozirgi juma masjidi 1899-yilda Boku xayriyachi savdogari Hoji Sheyxali Ogʻa Dadashov tomonidan moliyalashtirilib qurilgan. Bu joyda zardushtiylik ibodatxonasining izlari bor.
Oʻrta asrlarda Ozarbayjon madaniy hayotida markaziy masjidi ijtimoiy-madaniy markaz boʻlib xizmat qilgan.
Juma masjidi
tahrirTarixi
tahrirJame masjidi XII asrda qurilgan. Masjidning zamonaviy dizayni uning bir necha bosqichda qurilganligini koʻrsatadi. Uning asosiy qismlari janubiy qismda ibodat zali va shimolda minoralardir. Ibodat zali va minoralar oʻrtasida kichik hovlilar mavjud. Masjidning eng qadimiy qismi toʻrtburchak shaklidagi ibodat xonasidir. Xona Saljuqiylar davridagi masjidlarga oʻxshaydi. Tashqi koʻrinishiga koʻra, bu gumbaz XII asrda faoliyat yuritgan Maraga-Naxchivan meʼmoriy maktabi uslubida qurilgan.
Gumbazning yuqori qismini qoplagan manzarali naqshlar Saljuqiylar davri meʼmoriy yodgorliklarida, masalan, Shamkir minorasi, Garabogʻ va Atabeklar majmuasi, Maraga Qizil Gumbez (Gumbaz) maqbarasi va boshqalarda uchraydi.
Madrasa masjid
tahrirOʻrta asrlarning oxirlarida asosan masjid madrasasi vazifasini bajargan ushbu yodgorlik jome masjidining qolgan hujayralaridan biridir. Hujayralar XV asrda jome hovlisida oʻqitish maqsadida qurilgan.
A.Zeynalli koʻchasining kengaytirilishi va yoʻl qurilish ishlari tufayli XIX asr oʻrtalarida Juma masjidining xujayralari vayron qilingan va omon qolgan qismlaridan biri masjid madrasasi sifatida ishlatilgan.
Minora
tahrir1437-yilda masjidning shimoliy devorida namozxonlarni namozga chaqirish uchun stalaktit shaklidagi minora qurilgan. Minora arxeologik qazishmalaridan topilgan yozuvda Elxaniyaliklarning boshligʻi Muhammad Oljaytun motamining matni oʻyib yozilgan.
Juma masjidining qurilishi
tahrirJuma masjidi Jame masjidi qoldiqlarida 1899-yilda Boku millioneri va xayriyachi Hoji Shayxali Ogʻa Dadashov tomonidan qurilgan.
Masjid Sovet davrida gilam muzeyi sifatida faoliyat yuritgan. 1990-yillarda masjid sifatida faoliyatini tiklagan Juma masjidi davlat byudjeti hisobidan tubdan taʼmirlandi.
2008-yilda qurilish boʻyicha mutaxassislar, meʼmorlar va rassomlar tomonidan masjid toʻliq tiklandi, isitish va yoritish tizimlari oʻrnatildi. Masjid devorlariga qoʻlda ishlangan bezaklar, Qurʼon surasi oʻyib yozilgan va Islomda muqaddas boʻlgan besh ahli bayt aʼzolarining ismlari yozilgan
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Джума мечеть (Ичери-Шечер, Баку)“ ({{Country data {{{1}}} | flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}). ourbaku.com. Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr.
- ↑ <span lang="(Ozarbayjoncha)" xml:lang="(Ozarbayjoncha)">„CÜMƏ MƏSCİDİ VƏ MİNARƏ“ ((Ozarbayjoncha)). icherisheher.gov.az. 2015-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.