Jumabek Turegeldinov
Jumabek Suleymenovich Turegeldinov (qozoqcha: Жұмабек Сүлейменұлы Төрегелдинов 1946-yil 23-fevral , Qozogʻiston SSR) – qozoq siyosatchisi va jamoat arbobi. Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati deputati (2002–2014).
Turegeldinov Jumabek Suleymenovich | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1944-yil 23-fevral Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Olmaota shahri |
Turmush oʻrtogʻi | Turgeldinova Nuriya |
Bolalari | Aliya Turegeldinova |
Taʼlim |
1.Olma-Ota temir yoʻl texnikumi 2.Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti 3.Qozogʻiston Milliy agrar universiteti |
Faoliyati | 2002–2014-yillar |
Mukofotlari |
Biografiya
tahrir1946-yil 23-fevralda Olmaota shahrida tugʻilgan. Otasi – Sulaymon Turegeldinov (1912—1997). Onasi – Turegeldinova Zeynesh (1913—1974).
1965-yilda Olma-Ota temir yoʻl texnikumini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1975-yilda Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutini mexanik muhandis mutaxassisligi yoʻnalishini bitirgan.
2003-yilda Qozogʻiston Milliy agrar universitetining yuridik fakultetini tugatgan. Qozoq va rus tillarini biladi.
Mehnat faoliyati
tahrirFaoliyatini 1965–1966-yillarda Olmaota lokomotiv deposi mashinistining yordamchisi.
1969-yildan 1990-yilgacha Olmaota temir yoʻl uzeli lokomotiv deposi mexanik, elektromontyor, katta muhandis, katta usta, laboratoriya mudiri, partiya qoʻmitasi kotibi lavozimlarida ishlagan.
1990-yildan 1993-yilgacha Olmaota Kongressi Oktyabr Kengashi raisining oʻrinbosari, raisi.
1993-yildan 1994-yilgacha Olmaota shahri Oktyabr tumani maʼmuriyati boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
1994-yildan 2002-yilgacha Olmaota shahar hokimining kotibi boʻlib ishlagan.
Tayinlangan lavozimlari
tahrir1994-yildan 2002-yilgacha Olmaota shahar kengashi deputati.
2002-yildan 2014-yilgacha[1] – Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senatining deputati.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi aʼzosi.
Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi, Polsha Respublikasi Senati, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, Xorvatiya Respublikasi parlamenti bilan hamkorlik guruhi aʼzosi.
Oilasi
tahrirUylangan. Turmush oʻrtogʻi – Turegeldinova Nuriya (1955-yilda tugʻilgan). Qizi – Aliya Turegeldinova 1980-yilda tugʻilgan. Nevarasi – Kamila (2006-yilda tugʻilgan).
Mukofotlar va unvonlar
tahrir- „Qozogʻiston Respublikasi faxriy temir yoʻl xodimi“ koʻkrak nishoni (1996)
- „Olmaota shahri faxriy fuqarosi“ faxriy unvoni (2002)
- „Ostona“ medali (1998)
- Hurmat ordeni (2001)[2]
- Parasat ordeni (2009) [3]
- MDHga aʼzo davlatlarda parlamentarizmni rivojlantirish, demokratiyani mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga qoʻshgan alohida hissasi uchun „Hamdoʻstlik“ ordeni (MDH IPA 2011-yil)[4].
- Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidentining minnatdorchilik maktubi.
- "Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yilligi" medali (2016)[5]
Manbalar
tahrir- ↑ „Стали известны имена новых депутатов Сената Парламента Казахстана“. 2021-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „Указ Президента Республики Казахстан О награждении государственными наградами 2001 года“. 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „В Акорде Президент Республики Казахстан Н. А. Назарбаев вручил государственные награды и премии за 2009 год.“. 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
- ↑ „Парламентарии Казахстана награждены орденами «Содружество» МПА СНГ 2011 года“. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „В Сенате чествовали ветеранов Экс-сенаторам были вручены юбилейные медали «Қазақстан Республикасының Тәуелсіздігіне 25 жыл». 15 декабря 2016 года“. 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.