Jumanazar Ozodovich Otajanov (1976-yil 11-iyun, Xiva, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek fizigi, iqtisodchisi va siyosatchisi, II va IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi tahrir

1998-yilda Toshkent davlat universitetida, 2004-yilda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. 2007-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[1].

2010-yilda II chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2020-yilda yana IV chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish qo‘mitasi aʼzosi lavozimiga tayinlangan[2][3].

2021-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan ,,Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan[4].

Manbalar tahrir