Jumard qassob tepaligi
Jumard qassob tepaligi – Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: II—XIV asrlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Sarishungil“ OFY. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan[1][2].
Milodiy II-XIV asrlarga tegishli Jumard qassob yodgorligi haqida ham afsona mavjud. Unga koʻra bu yerda qachonlardir Jumard ismli boy inson yashagan. U qassob boʻlib, hosil barakasiz boʻlgan yil atrofdagilarga bepul barra goʻsht ulashgan. Shu bilan birga, tabarruk Jumard chorvadorlar homiysi ham boʻlgan. Chorva unumi tushib ketsa, tepalikka jonivorlarni haydab kelib, uning atrofida yetti martta aylantirishgan. Olimlar Jumard ismini qadimiy eroniy afsonaviy qahramon Gavmard („buqa“ni tasvirlovchi „gav“ – buqa, „mard“ – inson) bilan bogʻlashadi. Gavmard, zardushtiylik kosmogoniyasining ilk odami boʻlib, Ayryanem Vedjo (Xorazm)da Daytiy (Amudaryo) qirgʻogʻida yashagan. Qadimiy tepalikning joylanishi keng toʻsiqning markazida, ossuar topilmalar II-III asrlarga tegishli boʻlib, ularda muqaddas zardushtiylik kitoblaridagi koʻrsatmalarni koʻrish mumkin[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ „Mizdaxkon majmuasi“ (o`zbek). Qaraldi: 15-iyul 2024-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |