JumgʻoʻltovTyanshan togʻlarining shimoliy tizmalaridan biri (Qirgʻizistonda). Kenglik boʻylab yoʻnalgan. Gʻarbda Koʻkumeren daryosi darasi orqali Susamir togʻ tizmasidan ajralib turadi. Janudida Jumgʻoʻl soyligi bor. Uzunligi 100 km dan ziyod. Eng baland joyi 3948 m. Tufogen qumtoshlar, ohaktosh-slyuda slanetslari va granitlardan tarkib topgan. Yon bagʻirlarida yer bagʻirlab oʻsadigan archali oʻtloqlar, oʻtloq-dasht changalzorlari, qora qaragʻay oʻrmonlari bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil