Jumrut, boʻribagʻir (Rhamnus coriacea Kom.) – chilonjiydadoshlar (jumrutdoshlar) oilasiga mansub yirik buta yoki past boʻyli daraxt. Gullari mayda, sargʻish-yashil, toʻpguli yarim soyabon. Bargi oddiy, tuxumsimon, tuksiz, uz. 2—5 sm. Mevasi qora, danakli. May—iyunda gullaydi, mevasi iyul— avgustda yetiladi. Toshkent, Fargʻona, Samarqand viloyatlaridagi togʻli tumanlarning sernam yerlarida oʻsadi. Xalq tabobatida mevasi va poʻstlogʻining qaynatmasi qustiruvchi dori, surgi sifatida ishlatiladi.[1] Togʻ jumrut. Joster slabitelniy (Rhamnus cathartica L.) Togʻ jumrut boʻyi 3-8 m boʻladigan sershox buta yoki daraxtcha. U choʻlda, qurib qolgan oʻtloqlarda, boʻtalar orasida, suv boʻyida, oʻrmon chetida, toshloqlarda oʻsadi. Oʻzbekistoning togʻli tumanlaridagi archazorlar, yongʻoqzorlar, daryo boʻyida va togʻ qiyalarida uchraydi. Tibbiyotda togʻ jumrutning mevasidan foydalaniladi. Meva tarkibida antraglikozidlar, qandlar, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. Mevadan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida surgi dori sifatida xamda podagra, istisqo va surunkali teri kasalliklarini davolash uchun qoʻllanadi. Tibbiyotda togʻ jumrut mevasining qaynatmasi yoki damlamasi surunkali qabziyatda surgi dori sifatida ishlatiladi. Togʻ jumrut mevasi surgi dori sifatida ishlatiladigan yigʻma -choylar hamda Zdrenko yigʻmasi tarkibiga kiradi.


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil