Junayd ibn Abdurahmon (?734) — umaviylarnnng Xurosondagi noibi (729—734, Marv). Xalifa Yazid II ibn Abdulmalik (720—724) davrida xalifalikning Hindistondagi islom mulklarini idora qilgan. 724-yil Hishom ibn Abdulmalik xalifa boʻlgach, uni Xuroson noibi etib tayinlagan. J. i. A. 730-yil besh yuz askar bilan Xurosonga kelib, ayni vaqtda Buxoro va Sugʻd ahliga qarshi jang qilayotgan sobiq Xuroson noibi Ashras ibn Abdullohdan harbiy yordam oldi. Soʻng , u Xuroson tomon yoʻlga chiqqan turk xoqoni bilan Hind daryosi boʻyida jang qilib, uni yengdi va koʻplab oʻljalar oldi. 731-yil xoqon yana Xurosonga yurish qildi. Shunda J. i. A. Samarqand hokimi Savra ibn al-Hurr ad-Dorimiydan madad olib, uni tor-mor keltirdi. Samarkand va Buxoro J. i. A. tasarrufiga oʻtdi. J. i. A. xalifa Hishom ibn Abdulmalik bilan oralari kelishmay qolgani bo-isidan 734-yil amaldan tushirilib, oʻsha yili vafot etgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil