Jung Ryeo-won
Jung Ryeo-won (1981-yil 21-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyada tugʻilgan koreyalik, avstraliyalik aktrisa. U oʻzining sahnadagi faoliyatini hozirda tugatilgan Chakra qizlar guruhida qoʻshiqchi sifatida boshlagan va birinchi marta My name is Kim Sam-soon teleserialidagi roli orqali mashhurlikka erishgan. U, shuningdek ,Two Faces of My Girlfriend, Castaway on the Moon, va History of a Salaryman filmlaridagi rollari bilan tanilgan.
Jung Ryeo-won | |
---|---|
Tavalludi |
21-yanvar 1981-yil Seul, Janubiy Koreya |
Fuqaroligi | Avstraliya[1][2][3] |
Kasbi | Aktrisa, qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 2000-hozirgacha |
Imzosi | |
Faoliyati
tahrirU Eeni, Eun va Hwangbo bilan birga Chakra K-pop qizlar guruhiga taklif qilingan va u bu taklifga rozi boʻlib guruh aʼzosiga aylangan. Ularning birinchi albomi 2000-yilda chiqarilgan[4][5].
Chakra 2004-yilda tarqab ketgan va Jung aktyorlik faoliyatini davom ettirgan[6]. Oʻsha yili 11-marta muvaffaqiyatsiz tinglovlardan oʻtib, u aktrisa boʻlish qaroriga shubha qila boshlaganini aytgan. 2005-yilda u Hello Franceska sitkomida eʼtirofga sazovor boʻlgan[7], keyin My name is Kim Sam-soon romantik komediyasidagi roli orqali muhlislar qalbidan joy olgan[8]. Serial katta muvaffaqiyatga erishgan[9]. Jung qahramonning sevgisi uchun kurashuvchi nozik va xushmuomala qiz obrazi uchun maqtovga sazovor boʻlgan[5] va oxir-oqibat mamlakatdagi sanoqli muvaffaqiyatli qoʻshiqchi-aktrisalardan biriga aylangan[10].
Jung 2015-yilda Bubble Gum serialida sabrsiz va beparvo radio produseri rolini ijro etgan. U va bosh yulduz Lee Dong-wook avvalroq 2003-yilda Do the Right Thing sitkomida birga rol ijro etishgan[11]. 2017-yilda u Witch at Court nomli dramada oʻz fikrini aytadigan va oʻzining tajovuzkor tergov taktikasi bilan mashhur boʻlgan prokuror rolini oʻynagan[12]. Oʻzining roli uchun u 2017-yilgi KBS Drama mukofotlarida „Top Excellence“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „For Jung Ryeo-won, It's Time to Kick Back“. The Chosun Ilbo (4-dekabr 2005-yil). Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
- ↑ 5,0 5,1 Cho. „Former K-pop star Jung Ryeo-won makes successful debut as actress“. The Korea Herald (22-iyul 2005-yil). 2017-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „정려원, MC 데뷔ㆍ시트콤 주연 '겹경사'“ (ko). Yonhap News (14-dekabr 2004-yil).
- ↑ „정려원 "작업녀로 오해하지 마세요."“ (ko). Star News (21-noyabr 2005-yil).
- ↑ „정려원 "'김삼순'은 내 연기인생의 전환점"“ (ko). Star News (27-may 2005-yil).
- ↑ „My Lovely Samsoon Ends With 50 Pct Ratings“. The Korea Times via Hancinema (22-iyul 2005-yil). Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
- ↑ „Singers-Turned-Actors: the Best and the Worst“. The Chosun Ilbo (2-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
- ↑ Jin. „Acting pair to share the screen again“. Korea JoongAng Daily (23-iyul 2015-yil). Qaraldi: 2015-yil 23-iyul.
- ↑ „[Herald Interview Jung Ryeo-won on the joy of finding strong female character“]. Kpop Herald (14-dekabr 2017-yil).
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti
- Jung Ryeo-won KeyEastda
- Jung Ryeo-won IMDbda