Jurnalistika etikasi va standartlari

Jurnalistlik etikasi va standartlari jurnalistlarga nisbatan qoʻllaniladigan axloq va amaliyot tamoyillarini oʻz ichiga olgan. Ommaviy axborot vositalari etikasining ushbu qismi jurnalistikaning professional „axloq kodeksi“ va „jurnalistlik qonunlari“ sifatida maʼlum[1]. Asosiy meʼyorlar va qonunlar odatda professional jurnalistika assotsiatsiyalari va xususiy bosma, televideniye, radio va internet nashrlar faoliyatida uchraydi.

Butun dunyoda, jurnalistik faoliyatni qamrab oluvchi 400 ga yaqin qonunlar mavjud. Turli xil kodekslar mazmuni turli madaniy anʼanalardan kelib chiqgan holda bir-biridan farq qilsada, koʻpchilik kodeksdagi huquqiy va axloqiy meʼyorlar jurnalistikaning umumiy elementlarni oʻz ichiga oladi: haqqoniylik,

  • aniqlik
  • ishonchlilik
  • mustaqillik
  • xolislik
  • adolat
  • boshqalarga hurmat
  • jamoat javobgarligi.

Albatta bular yangilikka oid maʼlumotlarni yigʻish, tahrirlash va ommaga tarqatish jarayonida jurnalist uchun muhim axloqiy meʼyor hisoblanadi[1][2][3][4]. Koʻpgina kengroq axloqiy tizimlar singari, jurnalistika etikasi ham „sir saqlash“ tamoyilini ham oʻz ichiga oladi. Bu tamoil zaif guruhlarga nisbatan hurmatni saqlagan holda va baʼzi tafsilotlarni, masalan, voyaga yetmagan bolalarning ismlari, jinoyat qurbonlarining ismlari yoki xabar matniga jiddiy aloqador boʻlmagan shaxsiy maʼlumotlarni maxfiy saqalshni oʻz ichiga olishi mumkin, shuni unutmaslik kerakki, bu holda shaxsiy maʼlumotlarning eʼlon qilinishi, birovning obroʻsiga putur yetkazish yoki ularni xavf ostiga qoʻyishi mumkin[5].

Ayrim jurnalistik axloq kodekslar, xususan, Yevropa kodekslari irqi, dini, jinsiy orientatsiya, jismoniy yoki aqliy nuqsonlari bor shaxslarni yangiliklarda kamsituvchi materiallar bilan bogʻliq muammolarni ham oʻz ichiga oladi[6]. Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (1993-yilda) Jurnalistika etikasi toʻgʻrisidagi 1003-rezolyutsiyasini maʼqulladi, bu rezolyutsiyada jurnalistlarga aybsizlik prezumpsiyasini hurmat qilishni tavsiya qiladi, xususan, sudgacha boʻlgan ishlar shular bunga misol boʻlishi mumkin.

Jurnalistika kodeksining rivojlanishi va maqsadi

tahrir

Zamonaviy jurnalistika 400 yil oldin anchagina oqsoqlanganiga qaramay, 1900-yillarda baʼzi sotsiologik qarashlarkoʻra jurnalistika koʻproq zaruratga ayland[7]. Bu kasbiy faoliaytda ham barcha sohalardagi kabi yutuqlar, yangi avlodlarning sohadagi rivojlanishni olgʻa yurishga qaratilgan tabiiy jarayondir. Qachonki, gazetalar ommaviy auditoriya axboriy isteʼmol qilish uchun „xolis“ maʼlumotlarni taqdim eta boshladilar. Shu paytdan boshlab jurnalistikaning ommaviy auditoriya oʻqishi uchun xolis malumot taqdim etishga intilish yuksak gʻoyaga aylandi[7]. Bugungi jurnalistika evolyutsiyasi, maʼlumotni global miqyosdagi platformaga chiqarishga asosiy turtki boʻlmoqda. Jurnalistikaning asosiy maqsadi foydalanuvchilar uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar bilan butun dunyo boʻylab odamlarga xizmat koʻrsatish. Maʼlumotni kim oʻqiyotganini bilasizmi yoki yoʻqmi, buning uchun javobgarlik bor. Dunyo boʻylab kontentni yoqtiradiganlar ham, yoqtirmaydiganlar ham koʻp boʻladi.

Har bir mamlakat oʻzining oʻziga xos jihatlarini va baʼzida bugungi kunda jurnalistika axloqi bilan bogʻliq boʻlgan meʼyorlarni taqdim etadi. „Haqiqat“, „aniqlik“ va „xolislik“ jurnalistika etikasining tamal toshlari hisoblanadi[8]. Jurnalistlar oʻzlarini mintaqalar, guruhlar va hatto oʻzlari istiqomat qiladigan yoki maʼlum darajada boshqa mamlakatlardan ajralib turishga harakat qilishlari kerak. Bu oʻrinda Jurnalistlarga tarafkashlikning oldini olish uchun ruxsat berish lozim boʻladi va bu ularning jurnalistik yozishlarida muhim rol oʻynaydi. Bugungi kunda koʻplab jurnalistlar ushbu tuzoqning qurboni boʻlib, bir marta hsu tuzoqga tushib bu yerdan chiqolmay qolib ketadi.

Baʼzi davlatlar faqat maʼlum bir maʼlumotni maʼlum kontekstlarda taqdim etishni afzal koʻradi. Islomiy mamlakatlarda jurnalistika faqat Islom uchun manfaatli boʻlishi belgilangan, degan shubhalar kuchayib bormoqda, bu esa islomning oʻzini xalqi ishonishi kerak boʻlgan yagona haqiqat ekanligiga undaydi[9].

Jurnalistikaning axloq kodeksi qabul qilinadigan amaliyotlarni belgilash orqali xabar qilingan maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlashga qaratilgan va xabar qilingan maʼlumotlarning ishonchliligiga xalaqit beradigan yoki xalaqit berishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish uchun koʻrsatmalar beradi. Yoʻriqnomalar jurnalistlarga axloqiy dilemmalarni aniqlash va hal qilishda yordam beradi. Bunday holatlarning oldini olishning iloji boʻlmaganda, ular xabar qilingan maʼlumotni oʻquvchilariga xabarda mumkin boʻlgan notoʻgʻri fikrlarni baholashlari uchun oshkor etilishi kerak. Kodekslar va qonunlar jurnalistlarga oʻz-oʻzini nazorat qilish va oʻz-oʻzini tuzatish uchun asos yaratadi.

Jurnalistika beshta qadriyatga asoslanadi:

  1. Halollik: jurnalistlar rostgoʻy boʻlishi kerak. Fake ekanligi maʼlum boʻlgan maʼlumotlar haqida xabar berish yoki notoʻgʻri taassurot qoldirish uchun yolgʻon maʼlumot berishi mumkin emas;
  2. Mustaqillik va xolislik: jurnalistlar moddiy yoki shaxsiy manfaatga ega boʻlgan mavzulardan ularga shaxsiy foyda keltiradigan materiallardan qochishlari kerak, chunki bu qiziqish ularning reportajlarida noxolislikni keltirib chiqarishi yoki notoʻgʻri taassurot qoldirishi mumkin. Jurnalistning oʻziga xos moliyaviy yoki shaxsiy manfaatlari boʻlishi mumkin boʻlgan hollarda, manfaatlar oshkor etilishi kerak;
  3. Adolat: jurnalistlar faktlarni xolislik va betaraflik bilan taqdim etishlari, ular mavjud boʻlgan voqeaga boshqa nuqtai nazar bilan yondoshishi va uni tomonlarga taqdim etishlari kerak. Aniq maʼlumotlarni buzib talqin qilish mumkin emas;
  4. Tirishqoqlik: jurnalist xabar qilingan mavzuni yaxshi tushunish uchun tegishli faktlarni toʻplashi va taqdim etishi kerak;
  5. Masʼuliyat: jurnalist oʻz ishi uchun javobgar boʻlishi, tanqid va oqibatlarini qabul qilishga tayyor boʻlishi kerak[10].

Jurnalistikaning amaliyot kodekslari

tahrir

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropa mamlakatlaridagi jurnalistlar ushbu standartlarni ishlab chiqish va qabul qilishda boshchilik qilgan boʻlsalar-da, bunday meʼyorlarni matbuot erkinligi boʻlgan koʻpgina mamlakatlardagi OAV tashkilotlarda topish mumkin. Yozma axloqiy meʼyorlar va amaliy standartlar mamlakatdan mamlakatga va tashkilotga qarab bir oz farq qiladi, ammo asosiy nashrlar va jamiyatlar oʻrtasida katta oʻxshashlik mavjud. Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (IFJ) 2008-yilda professional tashkilotlarda ushbu muammolardan xabardorlikni kuchaytirishga qaratilgan global axloqiy jurnalistika tashabbusini boshladi. 2013-yilda axloqiy jurnalistika tarmogʻiga IFJ sobiq bosh kotibi Idan White asos solgan. Xalqaro va mintaqaviy ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyalari va jurnalistikani qoʻllab-quvvatlash jamiyatlari koalitsiyasi barcha ommaviy axborot vositalarida axloq, yaxshi boshqaruv va oʻz-oʻzini tartibga solish uchun kompaniyalar olib boradi.

Jurnalistlik meʼyorlari va axloqi boʻyicha AQShda yetakchi tashkilotlardan biri bu Professional Jurnalistlar Jamiyati boʻlib, uning Axloq kodeksining muqaddimasida shunday deyilgan:

…xalq maʼrifati adolatning peshvosi, demokratiyaning poydevoridir. Jurnalistning vazifasi haqiqatni izlash, voqea va muammolarni adolatli va keng qamrovli bayon etish orqali ana shu maqsadlarga erishishdir. Barcha ommaviy axborot vositalari va ixtisoslikdagi vijdonli jurnalistlar xalqqa puxtalik va halollik bilan xizmat qilishga intiladi. Kasbiy halollik jurnalistning ishonchliligining asosidir.

Raqamli radio televideniyesi yangiliklar assotsiatsiyasi, faqat elektron jurnalistikaga asoslangan tashkilot, jamoatchilik ishonchi, haqiqat, adolat, halollik, mustaqillik va javobgarlikka asoslangan axloq kodeksiga ega[11].

Umumiy meʼyorlar

tahrir

Jurnalistlik standartlari va axloq qoidalarining aksariyat kodekslari uchun umumiy boʻlgan asosiy axloqiy meʼyorlar quyidagilardir.

Haqiqiy axborot uchun aniqlik va standartlar

tahrir
  • Muxbirlardan hikoya tayyorlash uchun ajratilgan vaqt va mavjud boʻsh joy va ishonchli manbalarni izlash uchun imkon qadar aniq boʻlishi lozim. Oʻzidagi mavjud manbalaridan toʻgʻri foydalanish va suhbat yoki suhbatdan toʻgʻri iqtibos keltirish va soʻzlardan foydalanish.
  • Birgina guvoh ishtirok etgan voqealar atribut bilan xabar qilinadi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil guvohlar ishtirok etgan voqealar fakt sifatida xabar qilinishi mumkin. Bahsli faktlar atribut bilan xabar qilinadi.
  • Noshirning boshqa xodimi tomonidan mustaqil fakt tekshiruvi maqsadga muvofiqdir.
  • Xatolar aniqlanganda tuzatishlar eʼlon qilinadi. Ushbu tuzatishlar gazetalarda korrigendum deb ataladi, ular keyingi sonida chop etiladi.
  • Sudda ayblanuvchilar faqat sudlanganicha, ularning jinoyatlari haqiqat sifatida qayd etilgunga qadar (yaʼni, noqonuniy sudlanganlik toʻgʻrisida jiddiy tortishuvlar boʻlmasa) faqat „goʻyo“ jinoyat sodir etgan deb hisoblanadi.
  • Fikr soʻrovlari va statistik maʼlumotlar har qanday xulosani aniq ifodalash, natijalarni kontekstuallashtirish va aniqlikni, shu jumladan taxmin qilingan xato va uslubiy tanqid yoki kamchiliklarni aniqlash uchun alohida eʼtiborga loyiqdir. Ushbu maʼlumot orqali toʻgʻri tahlil qilish va turli tarafkashliklarsiz foydalanish mumkin.
  • Jurnalistika bugungi kunda toʻgʻridan-toʻgʻri va xolis maʼlumotlar asosida quriladi[12]. Bu jihatlarga eʼtiborszilik nafaqat jurnalistikaning oʻzagiga zarar keltiradi. Aynan maʼlumot tarqatish va butun dunyo boʻylab tomoshabinlarga va boshqa kuzatuvchilarga taqdim etiladigan meʼyor buzilib, tomoshabinlar axloq va meʼyorlarning yoʻqligini koʻradi va boshqalarni yaxshi, ishonchli maʼlumot bormi yoki yoʻqligini soʻrashga majbur qiladi.
  • Noshirning boshqa xodimi tomonidan mustaqil fakt tekshiruvi maqsadga muvofiqdir. 2018-yilda „Akton rejasi“ notoʻgʻri maʼlumotlardan xalos boʻlish uchun maʼlumotni yanada samarali tekshirishga yordam berish uchun yaratilgan[13].
  • Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hokimiyatni sinchkovlik bilan tekshiradigan va tanqid qiladigan sifatli jurnalistika, har doim pul va hokimiyatga ega boʻlganlar tomonidan manipulyatsiya va senzuraga uchraydi. Shu sababli ular doimiy zaiflik holatida[14]. Bu jarayonlar Jurnalistlar oʻz fikrlarini tanqidiy eʼlon qilishlari uchun muammo yaratadi.

Tuhmat va tuhmat haqida fikrlar

tahrir
  • Haqiqatni xabar qilish deyarli hech qachon tuhmat emas[15]. Bu aniqlikni juda muhim belgisidir
  • Xususiy shaxslar shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega boʻlib, ular haqida maʼlumot berishda jamoat manfaatlariga nisbatan muvozanatli boʻlishi kerak. AQSh qonunchiligida jamoat arboblari shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega emaslar, bu holda, ular yomon niyatsiz xabar bergan boʻlsa, fuqarolik ishidan himoyalanadi. Kanadada bunday imkoniyat yoʻq; jamoat arboblari haqidagi xabarlar faktlar bilan tasdiqlanishi kerak.
  • Nashriyotchilar oʻz muxbirlariga qarshi ochilgan tuhmat daʼvolarini, odatda tuhmat sugʻurtasi bilan qoplanadi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Statement of Principles“. American Society of News Editors (ASNE). 2015-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2015-yil.
  2. „Global Charter of Ethics for Journalists“. IFJ.
  3. „APME – Statement of Ethical Principles“. apme.com. 22-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „SPJ Code of Ethics“. Society of Professional Journalists (SPJ) (6-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 17-mart 2015-yil.
  5. „Truth and the Media“. 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 10-iyun. (50.1 KB) Dean, Catherine. Strathmore University Ethics Conference, 2006 (see p. 11, Harm limitation principle) Retrieved on June 9, 2009
  6. „Brazil – FENAJ's Code of Ethics“ (pt). 2009-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. (see Article 6, item XIV)
  7. 7,0 7,1 Ward, Stephen J. A. (March 2005). „Philosophical Foundations for Global Journalism Ethics“. Journal of Mass Media Ethics. 20-jild, № 1. 3–21-bet. doi:10.1207/s15327728jmme2001_2.
  8. „EBSCOhost“. web.p.ebscohost.com. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
  9. „EBSCOhost“. web.p.ebscohost.com. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
  10. „The Evolution-and Devolution-of Journalistic Ethics“ (en-US). imprimis.hillsdale.edu. Imprimis (1999-yil iyul). Qaraldi: 2017-yil 18-may.
  11. „RTDNA Code of Ethics“. Radio Television Digital News Association (RTDNA) (14-sentabr 2000-yil). Qaraldi: 17-mart 2015-yil.
  12. „EBSCOhost“. web.p.ebscohost.com. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
  13. Cavaliere, Paolo (December 2020). „From journalistic ethics to fact-checking practices: defining the standards of content governance in the fight against disinformation“. Journal of Media Law. 12-jild, № 2. 133–165-bet. doi:10.1080/17577632.2020.1869486.
  14. Vine, Josie; Batty, Craig; Muir, Rilke (July 2016). „A question of ethics: the challenges for journalism practice as a mode of research“. Journal of Media Practice. 17-jild, № 2/3. 232–249-bet. doi:10.1080/14682753.2016.1248193.
  15. „Truth Is No Longer Absolute Libel Defense“. Media & Communications Policy.

 

WikiJurnalistika