Justin Gaethje[1](1988-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik professional yakkakurash ustasi. Hozirda u Ultimate Fighting Championship (UFC) ning yengil vazn toifasida ishtirok etadi. U yengil vaznda UFCning sobiq chempioni. 2022-yil 9-may holatiga ko‘ra, u yengil vazn toifasida UFC reytingida III o‘rinni egallab turibdi[2].

Faoliyati tahrir

Gaethje kurashni toʻrt yoshida boshlagan. U Safford oʻrta maktabida kurashchi sifatida ikki karra Arizona shtat chempioni va Shimoliy Kolorado universitetida ishlagan paytida NCAA I divizioni gʻolibi boʻlgan. U oʻzining havaskor MMA karyerasini kollejda oʻqib yurganida boshlagan. 2011-yilda professionalga aylangan va 2013-yilda Butunjahon janglar seriyasiga (WSOF) qoʻshildi va u yerda yengil vazn toifasida chempion boʻlgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Justin Gaethje 1988-yil 14-noyabrda Arizona shtatining Safford shahrida tugʻilgan. Uning onasi Karolina kelib chiqishi meksikalik (Sonora)[3] va otasi Jon Rey Getje nemis millatiga mansub[4][5]. Uning onasi pochta boshligʻi, otasi esa ikkala bobosi singari mis konchisi boʻlgan.

Getjining ikkita singlisi bor[6]. Uning Markus Jon Gaethje ismli egizak akasi ham bor[7].

Gaethje kurashni toʻrt yoshida boshlagan[8]. U Safford oʻrta maktabida oʻqigan, [9] va u yerda toʻrt karra finalist va ikki karra shtat chempioni (AIA) boʻlgan[10][11]. Gaethje oʻrta maktabda futbol va beysbol oʻynagan[12].

Manbalar tahrir

  1. 07-07-17MMA.pdf
  2. „UFC Rankings, Division Rankings, P4P rankings, UFC Champions | UFC.com“. www.ufc.com. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  3. „Justin Gaethje, campeón de UFC con sangre sonorense – Grupo Milenio“.
  4. „Fight Path: Miner's son Justin Gaethje ready to unleash patented slams at WSOF 2“. mmajunkie.com (2013-yil 21-mart).
  5. „Justin Gaethje: From the copper mines to the smiling fields of gold“. mmafighting.com (2014-yil 17-yanvar).
  6. Al-Shatti. „Justin Gaethje calls KO loss to Eddie Alvarez a 'dream come true'“ (en). MMA Fighting (2017-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 12-may.
  7. „UFC 249: Inside Justin Gaethje's journey from a mining town to MMA stardom“ (en). ESPN.com (2020-yil 7-may). Qaraldi: 2020-yil 10-may.
  8. „WSOF champ Justin Gaethje: I won't take a pay cut to go to the UFC“. bloodyelbow.com (2016-yil 9-mart).
  9. „MMA practically a birthright for WSOF champ Gaethje“. orlandosentinel.com (2014-yil 28-iyun). 2018-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  10. „Former UNC Wrestling Standout Justin Gaethje Returns to Campus to Defend MMA Championship“. unco.edu (2016-yil 8-mart). 2017-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  11. „Arizona Chapter National Wrestling Hall of Fame“. Arizona Interscholastic Association.
  12. „Justin Gaethje's High School Timeline“ (en). MaxPreps.com. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.