Justin Wilson (avtopoygachi)
Justin Boyd Wilson (1978-yil 31-iyul — 2015-yil 24-avgust) — 2003-yilda Formula-1 (F1), 2004—2007-yillarda Champ Car World Series (CCWS) va 2008-yildan IndyCar seriyalarida ishtirok etgan britaniyalik poygachi. Uning birinchi yutugʻi Formula Palmer Audi (FPA) 1998 chempionligini qoʻlga kiritishi hisoblanadi. Xalqaro Formula 3000 chempionati (IF3000)da Nordic Racing jamoasi bilan bir qancha mavsumlarda ishtirok etgan. Jumladan, Wilson uchun 2001-yilgi mavsum omadli kechdi.
Justin Wilson | |
---|---|
Wilson 2013-yilgi Long Beach Gran-prisida | |
Tugʻilgan joyi |
31-iyul 1978-yil Yorkshire, Angliya[1][2] |
Vafot etdi |
2015-yil 24-avgust Pensilvaniya, AQSH |
Sobiq jamoasi | Newman/Haas/Lanigan Racing, Conquest Racing, Dreyer & Reinbold Racing |
Startlar | 174 |
Gʻalabalar | 7 |
Unvonlar | 0 |
Pole pozitsiyasi | 8 |
Tez aylanishlar | 2 |
Justin Boyd Wilson sakkiz yoshida karting bilan shugʻullana boshladi va Formula Vauxhall Championship poygasiga ishtirok etdi. Bir qancha yutuqlarga erishdi. U FPA unvonini qoʻlga kiritdi va IF3000da toʻliq moliyalashtirilgan joyni egalladi. 2001-yilda seriya chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi britaniyalik haydovchiga aylandi. U Nissan tomonidan tushgan taklifga koʻra 2002-yilda Racing Engineering jamoasi uchun Jahon seriyasida ishtirok etdi va toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
U 2004-yildan 2007-yilgacha CCWSda Conquest Racing va RuSPORT jamoalari uchun poygalarda qatnashdi. Toʻrtta poygada gʻolib chiqdi. 2006 va 2007-yillardagi chempionatlarida ikkinchi oʻrinni egalladi. Wilson 2008-yilgi IndyCar seriyasi uchun Nyuman/Haas/Lanigan jamoasidan qatnashdi va Detroyt Indy Gran-prisini yutib oldi. 2009-yil uchun kam byudjetli Dale Coyne Racing (DCR) jamoasiga oʻtdi va Glendagi Gran-prida jamoaning birinchi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshdi. Wilson 2010 va 2011-yillarda Dreyer & Reinbold Racing jamoasiga oʻtdi, ammo birorta poygada gʻalaba qozona olmadi. U 2012-yildan 2014-yilgacha DCRga qaytib, 2012-yilgi Firestone 550da gʻolib chiqdi va 2013-yilgi haydovchilar chempionatida oltinchi oʻrinni egalladi.
Wilson 2015-yilgi mavsum oxirida Pocono poygasida ABC Supply 500 avtomobili bilan ishtirok etdi. Ushbu poygada Wilson avtohalokatga uchradi va ogʻir jarohatlari tufayli vafot etdi. U 2011-yildan buyon IndyCar poygasida vafot etgan birinchi haydovchi boʻldi. Uning organlari besh kishining hayotini saqlab qolish uchun donor organlar sifatida ishlatilgan. Uning farzandlarini qoʻllab-quvvatlash uchun fond tashkil etilgan.
Natijalar
tahrirDaytona poygasi
tahrirYil | Jamoa | Yordamchi haydovchi | Avtomobil | Klass | Aylanish | Poz | Klass poz |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2006 | Michael Shank Racing | A. J. Allmendinger Oswaldo Negri Jr. Mark Patterson |
Riley Mk. XI-Lexus | DP | 733 | 2 | 2 |
2008 | Michael Shank Racing | Oswaldo Negri Jr. Mark Patterson Graham Rahal |
Riley Mk. XI-Ford | DP | 680 | 6 | 6 |
2010 | Chip Ganassi Racing bilan Felix Sabates | Max Papis Scott Pruett Memo Rojas |
Riley Mk. XI-BMW | DP | 755 | 2 | 2 |
2011 | Michael Shank Racing bilan Curb/Agajanian | A. J. Allmendinger Michael McDowell |
Dallara Ford | DP | 719 | 7 | 7 |
2012 | Michael Shank Racing bilan Curb/Agajanian | A. J. Allmendinger Oswaldo Negri Jr. John Pew |
Riley Mk. XXVI-Ford | DP | 761 | 1 | 1 |
2013 | Michael Shank Racing | A. J. Allmendinger Marcos Ambrose Oswaldo Negri Jr. John Pew |
Riley Mk. XXVI-Ford | DP | 709 | 3 | 3 |
2014 | Michael Shank Racing bilan Curb/Agajanian | A. J. Allmendinger Oswaldo Negri Jr. John Pew |
Riley Mk. XXVI-Ford EcoBoost | P | 599 | 47 | 12 |
Formula E
tahrirYil | Jamoa | Avtomobil | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | Poz | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2014-15 | Andretti Autosport | Spark-Renault SRT 01E | BEI | PUT | PDE | BNA | MIA | LBH | MCO | BER | MSC 10 |
LDN | LDN | 25 | 1 |
Indianapolis 500
tahrirYil | Shassi | Dvigatel | Start | Finish | Jamoa |
---|---|---|---|---|---|
2008 | Dallara | Honda | 16 | 27 | Newman/Haas/Lanigan Racing |
2009 | Dallara | Honda | 15 | 23 | Dale Coyne Racing |
2010 | Dallara | Honda | 11 | 7 | Dreyer & Reinbold Racing |
2011 | Dallara | Honda | 19 | 16 | Dreyer & Reinbold Racing |
2012 | Dallara | Honda | 21 | 7 | Dale Coyne Racing |
2013 | Dallara | Honda | 14 | 5 | Dale Coyne Racing |
2014 | Dallara | Honda | 14 | 22 | Dale Coyne Racing |
2015 | Dallara | Honda | 6 | 21 | Andretti Autosport |
Manbalar
tahrir- ↑ Rickett, Paul. „Rotherham racing driver in fight for life“. Rotherham Advertiser (24-avgust 2015-yil). 2019-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktabr 2019-yil.
- ↑ Williams, Richard. „Justin Wilson obituary; Former F1 driver who found success in the US in IndyCar racing“. The Guardian (26-avgust 2015-yil). 2017-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2019-yil.