Juvayniy
Juvayniy, Abulmaʼoliy Ziyovuddin Abdulmalik ibn Abdulloh Juvayniy (1027—1086) — nishopurlik mashhur olim, faqih, mudarris. Dastlab fiqh, hadis, tafsir va adab ilmlari bobida oʻz zamonasining allomasi boʻlmish otasi Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf Juvayniy (?—1043) dan tahsil olgan. Otasi vafot etgach, bir muddat uning oʻrnida mudarrislik qilgan. Soʻng ilm talabida Iroqqa safar qilib, bir oz vaqt Bagʻdodda yashagan. Keyin, Hijozga borib, avval Makkai Mukarramada, soʻng Madinai Munavvarada toat-ibodat, tahsili ilm bilan mashgʻul boʻlmoq barobarida muftilik ham qilgan va shu bois "Imom ul-Haramayn" ("Ikki Haram — Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara imomi") degan unvonga sazovor boʻlgan. Saljuqiylar sultoni Alp Arslon hukmdorligi (1063—72)ning dastlabki yillarida Nishopurga qaytgan. Sultonning mashhur vaziri Nizomulmulk J. uchun Nishopurda "Nizomiyya madrasasi"ni tashkil qilgan. J. 30 yil mazkur madrasada mudarrislik qilish bilan birga fatvo, vaʼz, xutba va vaqf ishlarini ham ado etgan, fiqh, tafsir va hadisga doir koʻplab asarlar yozgan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |