К (kirill)
K — oʻzbek kirill alifbosining oʻn ikkinchi harfi. Yaqin til orqa, jarangsiz, portlovchi undosh tovushi. Soʻz boshi (koʻl, koʻz), oʻrtasi (tulki, ukki) va oxiri (tilak, bilak)da kelishi mumkin. Baʼzi soʻzlar oxirida kelib, egalik qoʻshimchasi olganda jaranglilashadi va g tovushiga aylanadi (yurak+im — yuragim; tilak+i — tilagi). Shahar shevalarida, baʼzi hollarda, k tovushi y talaffuz etiladi (yurak — yuray, etak — etay), oʻgʻuz guruhiga oid shevalarda soʻz boshida jaranglilashib g tovushini beradi (kel — gel, koʻrdim— goʻrdim). Unlilar orasida juft xolda ham (mas, ikki) kelishi mumkin. Avesto, Urxun-Yenisey, sugʻd, turkiy (uygʻur) yozuvlarida, shuningdek, arab, lotin alifbosi asosidagi yozuvda oʻziga xos koʻrinishga ega. Bular jadvalda keltirildi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |