Kabale tumani
Kabale viloyati – Ugandaning Gʻarbiy mintaqasidagi viloyat. Kabaleda tuman maʼmuriy idoralari joylashgan. U dastlab Rukungiri, Kanungu, Kisoro, Rubanda va Rukiga viloyatlaridan oldin Kigezi viloyati tarkibiga kirgan va alohida viloyatlarni tashkil qilish uchun ajratilgan. Rukiga tilida Kabale "kichik tosh" degan maʼnoni beradi.
Kabale viloyati | |
---|---|
Uganda | |
1°15′0″S 30°0′0″E / 1.25000°S 30.00000°E | |
Mamlakat | [[ Uganda]] |
Uganda viloyat Viloyat | Gʻarbiy viloyat, Uganda Gʻarbiy viloyat |
kichik-hudud | Kigezi kichik hududi |
Aholisi (2020-yili taxminan) |
248 700 |
Zichligi | 401.2 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
|
Joylashuvi
tahrirKabale viloyati shimolda Rukungiri viloyati bilan, shimoli-sharqda Rukiga viloyati bilan, sharq va janubdan Ruanda vi;oyati bilan, gʻarbda Rubanda va shimoli-gʻarbda Kanungu viloyatlari bilan chegaradosh. Yoʻl orqali Kabale Ugandaning Gʻarbiy mintaqasidagi asosiy shahar Mbararadan janubi-gʻarbda taxminan 143 kilometr (89 milya)da joylashgan. Yoʻl orqali Kabale Uganda poytaxti Kampaladan janubi-gʻarbda 410 kilometr (255 milya)da joylashgan. Ruanda bilan xalqaro chegara yaqinida, Katuna shahridan 25 kilometr (16 milya) shimolda, Kabale joylashgan.
Aholisi
tahrir2014-yil 27-avgustda oʻtkazilgan Respublika aholini roʻyxatga olish va uy-xoʻjaliklari soʻroviga koʻra, viloyat aholisi soni 230 609 nafarni tashkil qildi. Uganda Statistika Byurosi (UBOS) 2020-yil 1-iyul holatiga koʻra viloyat aholisini 248 700 kishi deb hisobladi. Ulardan 120 000 nafari erkaklar, qolgan 128 700 nafari esa ayollar ekanligi taxmin qilinmoqda. Uganda Statistika Byurosi (UBOS) 2014 va 2020-yillar oraligʻida aholining oʻrtacha yillik oʻsish sur’atini 1,3 foizga oshganligi haqida maʼlumot berishgan[1].
Taniqli odamlari
tahrir- Devid Bahati, 2009-yilda Ugandada gomoseksualizmga qarshi qonun loyihasi muallifi sifatida xalqaro hamjamiyatda mashhur boʻlgan Uganda deputati
- Amama Mbabazi, sobiq bosh vazir
- Ruhakana Rugunda, Ugandaning sobiq bosh vaziri
- Ezra Suruma, iqtisodchi
- Emmanuel Tumusiime-Mutebile, Uganda banki rahbari
- Shem Bageine, Uganda siyosatchisi .
- Jorj Kanyeihamba, isteʼfodagi sudya
- Pol Ngologoza OBE, KSG, muallif
- Ann Kansiime, komediyachi, aktrisa va ijrochi
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Uganda Bureau of Statistics. „Estimated Population of Kabale District In 2002, 2014 & 2020“. Citypopulation.de (2020-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.