Kachin tilikachinlar tili. Xitoy-tibet tillari oilasining tiberbirma guruhiga mansub. Myanmadagi Kachin milliy okrugi va XXRda tarqalgan. Myanmadagi Kachin tili 3 shevaga ega: gaori, shim. Kachin tili va jan. Kachin tili Xitoydagi Kachin tili ham 3 shevaga ega: kxum, padan va mungji. Ular bir-biridan fonetik va grammatik jihatdan farq qiladi. Kachin tilida 31 ta undosh va 7 ta unli tovushlar bor. Kachin tilida, asosan, 2 boʻgʻinli soʻzlar koʻp. 3 va 4 boʻgʻinli soʻzlar ham uchraydi. Soʻz yasashda prefikslar koʻproq qoʻllanadi. Gaplar soʻz tartibi va sintaktik belgilari bilan ifodalanadi. Yozuvi lotin alifbosi asosida[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Kachin tili" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil