Kadr
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kadr (frans. cadre — rom) — 1) surat, fotoplyonka yoki fotoqogʻozga tushirilgan tasvirdan bir koʻrinish. K.ning chegarasi, tasvir koʻlami, tuzilishi, suratga olinadigan vaqti va b. undan kuzatilgan maqsadga muvofiq belgilanadi; 2) kinokadr — kinoapparat bilan suratga olingan voqea (harakat, holat)ning kinoplyonkadagi bir koʻrinishi. Rej. va operator koʻzda tutgan har bir K. (suratga olinayotgan koʻrinish) asar gʻoyasiga, mazmuniga xizmat qiladi, gʻoya va mazmunni ifodalaydi; 3) montaj kadri — filmning tarkibiy qismi, biror harakatning tasvirdagi maʼlum holati; 4) ssenariy kadri — suratga olish koʻzda tutilgan holatning tavsifi; 5) telekoʻrsatuv kadri — televizor ekranidagi tasvir.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |