Kagosima

Yaponiya shahri, Kagosima prefekturasining poytaxti

KagosimaYaponiyadagi shahar va port. Kyusyu o.ning jan. qismida, Kagosima prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 546,2 ming kishi (1995). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (asosan, ip gazlama va shoyi), kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Nafis chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Kagosima — Yaponiyaning jan.dagi baliq ovlash sanoatining markazlaridan. Universitet, badiiy muzey, fayans buyumlar muzeyi, shahar yaqinida kosmik tadqiqotlar markazi, issiq buloqlar bor. Turizm rivojlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil