Kakaydi neft koni - Jarqoʻrgʻon tumanidagi kon. Jarqoʻrgʻon sh.dan 20 km shim.-sharkda joylashgan. Kon toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlar 19,14 y.ga taalluqli. 1934-yilda geologik sʼyomka natijasida antiklinal struktura mavjudligi aniqlangan. 1937-yilda dastlabki razvedka qudugʻi qazildi. 1939-yilda paleotsen ohaqtoshlaridan sanoat ahamiyatiga molik neft olindi. 1940-yilda kon foydalanishga topshirildi. K.n.k. joylashgan hudud bir necha tepalikdan iborat boʻlib, soylar bilan kesilgan. Kon kesimida boʻr, paleogen va neogen yotqiziqlarining mavjudligi kayd etildi. Eng chuqur 73-quduqda boʻr qatlamlari (120 m gacha) ochilgan. Paleogen yotqiziqlarining qalinligi 780—790 m, neogen yotqiziklariniki esa 560—840 m oraligʻida. Butun kesim ohaktosh, mergel, qumtosh, gillar va ular aralashmalarining navbatlanishidan hosil boʻlgan jinslardan iborat.

Kakaydi strukturasi tektonik jihatdan Jayranxona.— Kattabosh antiklinalining bir qismi boʻlib, ular Surxon megasinklinali tarkibiga kiradi. Kakaydi strukturasi kambar uzun asimmetrik shaklda boʻlib, shim.-sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan. Uning shim.gʻarbiy qanoti qiyaroq. Strukturaning oʻlchami 18,5x1,8 km, bal. 175 m. Neogen yotqiziqlari boʻyicha strukturaning uz. 27 km, eni 4 km. Jinslarning yotish burchagi gumbazda 7—10°, shim.-gʻarbiy qanotda 50—65°, jan.-sharqiy qanotda esa 30—40° ga yetadi. Buxoro katlarining 1-gorizonti boʻyicha strukturaning uz. (—720 izogipsi boʻyicha) 7,5 km, eni 0,9 km. Uyumning mayd. 592 ga, bal. 100 m.

Kon hududida 25 quduqda 124 obyekt sinab koʻrilgan. Shundan 22 obyektda (18 qudukda) suvsiz neft, 4 tasida neft va gaz, 71 tasida neft va suv, 28 tasida suv va bittasida neft belgilari bilan suv olingan. Sanoat ahamiyatiga molik neft uyumlari 1-, 2-, 3-gorizontlar bilan bogʻliq.

Quduqlarning dastlabki debiti 20 t/sutka, dastlabki qatlam bosimi —12,3 mPa, dastlabki gaz omili 1—2 m3/t. Foydalaniladigan quduqlar soni 14 ta.

2001-yilgacha kondan 3,4 mln. t neft olindi. Konda 25 ta quduq ishlamoqda, ularning debiti neft boʻyicha 1,7 t/sutka, suyuqlik boʻyicha 44,2 t/sutka. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil