Kalamitnamolar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kalamitnamolar (Calamitales)— qirilib bitgan boʻgʻim tanali oʻsimliklar qabilasi; ulkan qirqboʻgʻimlarni eslatadi. Boʻyi 8—12 m, diametri 0,5—1 m boʻlgan. Poyasi boʻgʻimlar (tugunlar) bilan boʻgʻim oraliqlariga ajralgan. Novdalarining boʻgʻimlarida shoxlari yoki bir tomirli oddiy chiziqsimon barglari toʻp-toʻp joylashgan. K.ning sporali qubbalari galmagal joylashgan mevalaydigan va mevalamaydigan (steril) barglardan iborat boʻlgan. K. anatomik tuzilishiga koʻra, qirqboʻgʻimlardan ikkilamchi yogʻochining kuchli rivojlanganligi bilan farq qilgan, lekin tanasi oʻzakning barvaqt yemirilishi natijasida qirqboʻgʻimlarning poyasidek gʻovak boʻlgan. K.ning asosiy turkumi— CalamitesHHHr 3 kenja turkumi boʻlgan. Sodda K. (osterokalamitlar) devon davrining oxirida paydo boʻlib, toshkoʻmir davrining oʻrtasida qurib bitgan. Ularning oʻrnini asl K. egallab, bular ham oʻz navbatida perm davrida yoʻq boʻlib ketgan. K. tropik zonaning past va koʻpincha,botqoq yerlarida juda koʻp tarqalgan edi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |