Kalka
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kalka (frans. caique — nusxa, tak,lid) — boshqa til lugʻaviy birligidan ona tili vositalari asosida nusxa koʻchirish (soʻzma-soʻz tarjima qilish) natijasida yuzaga kelgan soʻz, atama yoki birikma. Kalkaning maʼnoviy va shakliymaʼnoviy turlari mavjud. Maʼnoviy Kalka soʻzning ohangi va soʻz yasalish shakli jihatidan ona tiliga mansub boʻlsada, maʼno jihatdan chet soʻzlarning taʼsiriga bogʻlikdir: "maydon" (magnit maydoni) — "pole". Shakliy-maʼnoviy Kalka oʻzga tildagi maʼnoni ifodalay oladigan unsurlar asosida ona tilida yangi lugʻaviy birlik hosil qilishdir. Toʻliq va yarim shakliy-maʼnoviy Kalkalar boʻladi. Toʻliq Kalkada ona tilining oʻz ichki imkoniyatlaridan foydalaniladi (nadstroyka — ustqurma, mirovozzreniye — dunyoqarash, jeleznaya doroga — temir yoʻl). Yarim Kalka har ikki til unsurlaridan tashkil topadi (polu-avtomat — yarim-avtomat). Kalka ijodiy jarayonda paydo boʻladigan til hodisasi, shuning uchun tarjimondan katta mahorat talab qiladi. Kalka tilni boyitishning muhim omillaridan biri.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |