Kalkutta universiteti

Kalkutta universiteti — Hindistondagi qadimgi va yirik universitetlardan biri. 1857-yil "Hindu kolledj" (1827) negizida tashkil etilgan. Ijtimoiy fanlar, tabiiy-mat. fanlari, tijorat, huquq, jurnalistika, ped., nafis sanʼat va musiqa, muhandislik, texnologiya, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet va unga biriktirilgan kollej va maktablarda 230 mingdan ortiq talaba oʻqiydi. Universitet kutubxonasida 500 mingdan ortiq asar saqlanadi.[1]

Kalkutta universiteti
University of Calcutta 7383.JPG

Koordinatalari: 22°34′29.999999999997″N 88°21′46.079999999974″E / 22.57499999999999929°N 88.36279999999999291°E / 22.57499999999999929; 88.36279999999999291 G O

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil