Emmanuel Markelovich Kalontarov (1932.3.6, Samarqand - 1984.5.8, Toshkent) — kino rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1979). Respublika rassomlik bilim yurti (1953), Kinematografiya instituti (1959)ni tugatgan. 1959 yildan "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida rassom. Shuhrat Abbosovnij "Sen yetim emassan" (1962), "Toshkent — non shahri" (1968), "Abu Rayhon Beruniy" (1974), A. Hamroyevning "Qoʻrquvsiz" (1974), "Inson qushlar ortidan boradi" (1976), L. Fayziyev va O. Meyerning "Ali bobo va qirq qaroqchi" (1978) filmlariga qogʻoz va kartonga koʻmir, akvarel, guash bilan ishlagan eskizlari film goyasini ochib berishga xizmat qilgani bilan diqqatga sazovor. "Abu Ali Ibn Sino" (1979), "Uygʻonish" va "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1984) filmlariga ishlagan dekoratsiya eskizlari rassomning mahoratini ifodaladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil