Kaloriyalilik - 1) oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyaliligi — oziq moddalar (oqsillar, yogʻlar va uglevodlar)da toʻplangan energiya; oziqovqat mahsulotlarining energiyaviy qiymati (kal — kaloriya va kkal — kilokaloriyada ifodalanadi). Oziq-ovqat mahsulotlarini qiyosiy baholashda; ovqatlanishni rejalashtirishda, parhez taomlarni tavsiya kilish va b.da qoʻllanadi. K. mahsulotda oksidlanmagan uglerod va vodorod atomlari mavjudligi bilan aniqlanadi. Mas, yogʻ molekulasida oksidlanmagan uglerod va vodorod atomlari uglerod va oqsillardagiga nisbatan koʻproq boʻladi; 1g yogʻ 9,3 kkal (1 kkal=4,1868-103 J), 1 g uglevod 4,1 kkal, 1 g oqsil ham 4,1 kkal. Baʼzi mahsulotlarning (YUOg) K. i (kkal da) quyidagicha: sut (kefir, chuchuk qatiq) — 62; sariyogʻ — 734; sifatli mol goʻshti — 154; sifatli qoʻy goʻshti — 206; tuxum — 150; koʻk piyoz — 21; tuzlanmagan bodring— 15; kartoshka — 89; karam — 27; sabzi— 36; olma — 48; qand — 320; bugʻdoy unidan yopilgan non — 230 va b.

Turli kasb va yoshdagi, har xil jinsdagi kishilarning energiya sarfi bilan bogʻliq ravishda isteʼmol qilinadigan taomlar miqdorini belgilashda K.ni bilish juda asqotadi. Oziq-ovqat mahsulotlari ichida kaloriyasi eng yuqori boʻlgan mahsulot oʻsimlik moyi (872 kkal), eng past boʻlgan mahsulot — oq karam (27 kkal). SI birligida K. birligi kJ/100 g hisobida ifodalanadi. Osonqiyinligi oʻrtacha boʻlgan ishda ishlaydigan oʻrta yoshli odam uchun bir kecha-kunduzda 3 ming kkal zarur boʻladi.

Chorvachilikda — yem-xashakning ozuqalik darajasini belgilashda, q.h. hayvonlarini boqishda, yem berish meʼyorini (ratsionini) aniqlashda ham K. asosiy mezon boʻladi. 2005 kkal almashinuvi energiya (ozuqa tarkibidagi moddalarning hayvon organizmida hazm boʻlib, qon va limfalarga singgan kismi energiyasi) 1 energetik ozuqa birligi (10,5 megajoul) sifatida kabul kilingan. 2) yoqilgʻi (yoki yonilgʻi) toʻliq yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori (J yoki kal da ifodalanadi).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil