Kaltakesakchalar (Eremias) - kaltakesaklar urugʻi. 45 turi bor. Afrika, Osiyo va Yevropada tarqalgan. Oʻzbekistonda 9 tacha turi uchraydi. Asosan, tangachalari va boshidagi qalqonlarining tuzilishi, son teshikchalari boʻlishi bilan boshqa kaltakesaklar urugʻidan farqlanadi. K. — kunduzgi hayvon. Choʻl, yarim choʻl va toshloq yerlarda, Nikolskiy kaltakesakchasi togʻlarning 1000—3000 m gacha baland joylarida, baʼzi turlari etaklarida yashaydi. K. hasharot va mayda umurtqasizlarni qirib, foyda keltiradi. Togʻdagi sovuq sharoitda yashaydigan koʻzli kaltakesakchadan tashqari, barcha K. tuxum qoʻyib koʻpayadi. Koʻzli kaltakesakcha tuxumdan tirik tugʻadi. Oʻzbekistonda ildam kaltakesakcha, rang-barang kaltakesakcha, toʻgarakbosh kaltakesakcha va hokazo keng tarqalgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil