Kalyao
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kalyao — Perudagi shahar, Kalyao buxtasi sohilida joylashgan. Lima aglomeratsiyasi tarkibida. Kalyao Konstitutsion provinsiyasini tashkil etadi. Aholisi 699,5 ming kishi (1996). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazlaridan. Tinch okean sohilidagi yirik savdo porti (mamlakatning 75% importi, 25% eksporti). Rangli metallurgiya, kemasozlik, toʻqimachilik, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. K. — mamlakatdagi baliq sanoatining asosiy markazlaridan. Ilmiy texnika universiteti, kutubxona, harbiy muzey bor. Shaharga 1573-yil da asos solingan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |