Kamchatka viloyati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kamchatka viloyati - Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. 1932-yil 20-oktyabrda Xabarovsk oʻlkasi tarkibida tashkil etilgan. 1956 y.dan Koryaklar muxtor okrugini oʻz ichiga olgan Rossiya Federatsiyasining mustaqil viloyati. Kamchatka yarim orolda, shuningdek, Karaga va Komandor o.larida joylashgan. Oxota va Bering dengizlari va Tinch okeanga tutash. Mayd. 472,3 ming km2. Aholisi 383,2 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, koryak, itelmen, evenk, aleut, chukchalar ham yashaydi. Shaharliklar 81,3%. 11 tu-manga boʻlingan, 5 shahar, 11 shaharcha bor. Markazi — Petropavlovsk Kamchatskiy sh. (Tabiatini Kamchatka va Koryaklar muxtor okrugi maqolalaridan q.). K.v. Rossiya Federatsiyasining asosiy baliqsanoati rayonlaridan biri. Baliq, asosan, Bering dengizi va Tinch okeandan ovlanadi. Kamchatkaning gʻarbiy qirgʻogʻiga yaqin suvlari — krab ovlanadigan asosiy rayon. Yirik baliq va baliq konservalash zavodlari: Petropavlovsk, Oktyabrskiy, Ozernovskiy, Kirovsk, Ust-Kamchatsk, Olyutorskiy. Viloyat xoʻjaligida moʻynali hayvonlar ovlash va darrandachilik muhim ahamiyatga ega. Oʻrmon sanoatida yogʻochsozlik korxonalari Kamchatka daryosi vodiysi boʻylab joylashgan. Kemasozlik, kema tuzatish va qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. Koʻmir, gidroenergiya, yer osti qaynoq suvlari kabi energetika resurslari mavjud. Paujetka issiq bulogʻida quvvati 11 ming kVt boʻlgan geotermal elektr stansiyasi, Petropavlovsk-Kamchatskiyda issiklik elektr markazi qurilgan.
Q.x.da bugʻuchilik-ovchilik va chorvachilik-sabzavotchilik rivojlangan. Bugʻu boqiladigan keng yaylovlar bor. Darrandachilik mavjud. Chorvachiligi sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Paratunka issiq buloqlari asosida yirik issiqxona-parniklarda sabzavot yetishtiriladi. Moʻynali qayvonlar (suvsar, qunduz, tulki, oq tulki va b.) ovlanadi. Transportning asosiy turi dengiz transporti. Asosiy portlari — Petropavlovsk-Kamchatskiy va Ust-Kamchatsk. Havo va avtomobil transporti katta rol oʻynaydi. Kamchatka daryosida kema qatnaydi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |