Kamo Hovhannisyan (talaffuzi: Kamo Oganesyan) (1992-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — armanistonlik futbolchi, hozirda Armaniston terma jamoasi va Qozogʻiston Premyer-ligasining „Astana“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Kamo Hovhannisyan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kamo Hovhannisyan
Tavallud sanasi 5-oktyabr 1992-yil (1992-10-05) (31 yosh)
Tavallud joyi Yerevan, Armaniston
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Astana
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2001 Shengavit
2002—2007 Pyunik
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Patani 15 (0)
2009—2010 Pyunik-2 5 (5)
2009—2016 Pyunik 175 (27)
2017 Torpedo-BelAZ Zhodino 28 (3)
2018—2019 Jetisu 58 (6)
2020—2021 Kairat 39 (5)
2022- Astana 2 (0)
Milliy terma jamoa
2009 Armaniston U17
2009—2010 Armaniston U19 5 (0)
2011—2013 Armaniston U21 10 (1)
2012- Armaniston 65 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-mart 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-noyabr 2021-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Kamo Hovhannisyan Yerevanda Artashes va Gayane Hovhannisyanning oilasida tugʻilgan. U 6 yoshida futbol bilan shugʻullana boshlagan va ikki yildan soʻng Shengavit futbol maktabiga qabul qilingan. Shengavitni tanlashiga sabab u maktabning futbolchi uyiga yaqinligini taʼkidlagan. Uning oilasi haqiqiy futbol muhlislari edi. Kamo ham shu tariqa futbolchi boʻlishga qaror qilgan. Bundan tashqari, ukasi Hovhannes ham uning izidan borib futbolchilikni tanlagan. Shengavitda u ikki yil oʻynagan, shundan soʻng otasining istagiga binoan u Pyunik futbol maktabiga borgan. 2008-yilgi mavsumda Hovhannisyan 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi oʻyinchilarini yigʻgan Patani klubida oʻynagan. Keyingi mavsumda u yana Pyunikga koʻchib oʻtgan. Hovhannisyan asosan Birinchi ligada oʻynagan. 2009-yilda u Pyunik bilan shartnoma imzolagan. Uning asosiy klubdagi debyuti 2009-yilgi mavsumda boʻlgan. Bu oʻyin 7-aprel kuni Armaniston kubogi chorak finalida Kilikiyaga qarshi javob oʻyinida oʻtkazilgan[1]. Hovhannisyanning Armaniston Premyer-ligasidagi debyuti toʻrt kundan soʻng yana Kilikiya jamoasiga qarshi oʻtkazilgan. Har ikki uchrashuvda ham Pyunik jamoasi raqibi ustidan gʻalaba qozongan[2]. 2011-yilning 12-iyulida Chexiyaning „Viktoriya Plzen“ klubiga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi oʻyinda „Pyunik“ 0:4 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda Hovhannisyan asosiy tarkibda maydonga tushgan[3].

2018-yilning 16-yanvarida „Alashkert“ FK Hovhannisyanning 2020-yilning 1-avgustiga qadar jamoa bilan shartnoma imzolagnini eʼlon qilgan[4]. Biroq, 2018-yil 23-yanvarda Hovhannisyan Qozogʻiston Premyer-ligasining „Jetisu“ klubiga oʻtgan. 2020-yilning 11-yanvarida Hovhannisyan ikki yillik shartnoma asosida Qozogʻiston Premyer-ligasining "Qayrat" klubiga qoʻshilgan[5].

2022-yil 19-yanvarda Hohvannisyan Astana jamoasi bilan shartnoma imzolagan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

Hovannisyan 2012-yilning 28-fevralida Serbiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Armaniston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Patani 2008 Armaniston Birinchi Divizioni 15 0 15 0
Pyunik-2 2009 Armaniston Birinchi Divizioni 5 5 5 5
Pyunik 2009 Armaniston Premyer Ligasi 4 0 4 0
2010 16 0 4 0 0 0 1 0 21 0
2011 25 0 2 0 2 0 27 0
2012—2013 42 10 5 1 2 0 49 11
2013—2014 22 3 5 1 2 0 1 0 28 4
2014—2015 26 9 5 0 2 0 33 9
2015—2016 26 3 2 0 4 1 32 4
2016—2017 14 2 2 2 2 0 18 4
Jami 175 27 25 4 14 1 2 0 216 32
Torpedo-BelAZ Zhodino 2017 Belarus Premyer Ligasi 28 3 3 1 1 0 32 4
Jetisu 2018 Qozogʻiston Premyer Ligasi 31 1 0 0 31 1
2019 27 5 0 0 27 5
Jami 58 6 0 0 - - - - 58 6
Qayrat 2020 Qozogʻiston Premyer Ligasi 14 1 0 0 1 0 0 0 15 1
2021 25 4 6 0 12 1 1 0 44 5
Jami 39 5 6 0 13 1 1 0 59 6
Astana 2022 Qozogʻiston Premyer Ligasi 2 0 0 0 0 0 2 0
Karyerada jami 322 46 34 5 27 2 4 0 387 53

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Armaniston 2012-yil 5 0
2013-yil 9 0
2014-yil 6 0
2015-yil 6 0
2016-yil 4 0
2017-yil 7 0
2018-yil 5 0
2019-yil 8 0
2020-yil 4 1
2021-yil 1 0
2022-yil - -
Jami 55 1
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1 14.11.2020 A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya   Estoniya 1-0 1-1 2020-2021 UEFA Millatlar ligasi C

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

"Qayrat" FK

Pyunik

  • Armaniston Premyer-ligasi (2): 2009, 2010
  • Armaniston kubogi (2): 2009, 2010
  • Armaniston Superkubogi 2-oʻrin (1): 2010
  • Armaniston Superkubogi sohibi (1): 2009

Manbalar tahrir

  1. „http://www.ffa.am/ru/competitions/armeniacup/2009/“ (ruscha). FFA.am. Qaraldi: 24-mart 2013-yil.
  2. „http://www.ffa.am/ru/competitions/armeniapremierleague/2009/“ (ruscha). FFA.am. Qaraldi: 24-mart 2013-yil.
  3. „12.07.11 "Пюник" 0 - 4 "Виктория"“ (ruscha). FFA.am. Qaraldi: 24-mart 2013-yil.
  4. „Kamo Hovhannisyan becomes FC Alashkert footballer“. 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  5. „ОФИЦИАЛЬНО: КАМО ОГАНЕСЯН – ИГРОК КАЙРАТА“ (ruscha). fckairat.com/. FC Kairat (11-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2020-yil.
  6. „Официально: Камо Оганесян – с нами!“ (ruscha). fcastana.kz/. FC Astana (19-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2022-yil.