Janobiddin Qiropovich Kamolov (1930.12.1, Chust tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2001). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1959). 1952-yildan Pop tumanidagi 11-maktabda, 1953-yildan Chust tumanidagi 1-maktabda, 1954-yildan 17-maktabda matematika fani oʻqituvchisi. Kamolov darslarni noanʼanaviy usulda olib boradi; bir qancha metodik qoʻllanmalar va tavsiyalar muallifi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil