Naila Adelshina Kamolova (1951.22.9, Kogon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1955). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1973). 1973-yildan Buxoro shahridagi 21-maktabda, 1976-yildan 23-maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi. Kamolova olib borayotgan jismoniy tarbiya darslari oʻzining noanʼanaviyligi, mazmun jihatdan boyligi bilan oʻquvchilar diqqatini jalb etadi. Uning tashabbusi bilan milliy sport turlari, gimnastika boʻyicha mashqlar, sport musobaqalari, spartakiadalar nizomlari, sayyohlik yoʻnalishlari ishlab chiqilgan. Murabbiy sifatida sogʻligi zaif bolalar uchun reabilitatsiya guruhi tashkil etib, ularning sogʻligini tiklash uchun oʻzi ishlab chiqqan mashqlar majmuidan unumli foydalanadi.

[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil