Kampirqursoq (Tortula desertoram) — kampirqursoqlar turkumiga mansub yoʻsin. Boʻyi 1 — 1,5 sm. Oʻrta Osiyo choʻllarida, koʻpincha, boyalich va juzgʻun kabi butalar tagida, qum tepaliklarning shim. yon bagʻirlarida yoki tekisliklarda oʻsadi. K. yaxshi oʻrganilmagan. Qishning iliq kunlarida va erta bahorda yomgʻirdan soʻng yam-yashil boʻlib oʻsib chiqadi. Yogʻingarchilik tugab, kunlar isiy boshlashi bilan qora-qoʻngʻir tusga kirib, kelgusi mavsumgacha yotadi. K.juda zich oʻsib tuproqda alohida qatlamlar hosil qiladi. K. paydo boʻlgan maydonlarda oʻtlar (iloq, yaltirbosh va b.) kamayib ketadi. Oʻtloklarning hosildorligi kamayib ketmasligi uchun K. qoplamlarini yoʻqotish zarur.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil