Kanʼon ibn Hom ibn Nuh — Nuh paygʻambarning nabirasi. Afsonalarga koʻra, otasi bilan birga Nuhning duoibadiga uchragan va Shom sohillariga kelib, shu yerda undan 11 oʻgʻil dunyoga kelgan va bular 11 qabilaga boʻlinib shu yerda yashaganlar va bu joylar keyinchalik K. mamlakati deb yuritilgan. K. yerlari Finikiya deb atalmish joylar boʻlib, unga Saydo (Sidon), Sur (Tir) va Bayrut sh.laridan iborat Falastin va Suriyaning bir qismi qaragan. Afsonalarga koʻra, K. qabilasini chivin talab oʻldirgan emish.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil