Kan Mi-youn (1982-yil 2-fevralda tugʻilgan) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi, aktrisa, radio boshlovchisi, model, modelyer va ishbilarmon ayol. Kan Janubiy Koreyaning Baby V.O.X qizlar guruhiga 1997-yil oktyabr oyida qoʻshilgan va u oʻsha davrning eng mashhur qizlar guruhlaridan biri boʻlgan[1]. 2006-yil fevral oyida guruh tarqalib ketganidan keyin Kan yakkaxon ijrochiga aylangan.

Kan Mi-youn
Tavalludi
Kan Mi-yeon

2-fevral 1982-yil (1982-02-02) (42 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
  • model

Faoliyati tahrir

Kan Mi-youn 1997-yil oktyabr oyida Baby V.O.X qizlar guruhining yangi aʼzosi sifatida spektakl paytida sahnada jarohat olgan sobiq aʼzo Cha Yu-Mi oʻrniga debyut qilgan[2]. Kan oʻzining hamkasblari va muxlislari tomonidan „malika“ unvoniga sazovor boʻlgan va oʻzining yoqimli va kulgili xususiyatlari bilan mashhur edi. Kan yuqori notalarni kuylash qobiliyati tufayli guruhning asosiy va eng yaxshi vokalisti hisoblangan[3].

Baby V.O.X guruhining uchinchi Come Come Come Baby nomli studiyaviy albomi chiqqandan soʻng, Get Up bosh singli K-pop musiqiy chartlarida birinchi oʻrinni egallagan va Koreyaning eng yaxshi pop musiqa guruhlaridan biri sifatida oʻz oʻrnini belgilagan. Guruh Koreya, Xitoy, Tailand va Osiyoda katta, sodiq muxlislar bazasiga ega boʻlgan[2][4].

Koʻp muxlislar soniga ega boʻlishiga qaramay, Kan tez-tez anti-muhlislar uchun nishonga aylangan[5]. Eng dahshatli voqea 1999-yilda, Kan koreyslik H.O.T oʻgʻil bolalar guruhining muxlisi tomonidan qotillik uchun nishonga olinganida boʻlgan[6]. Unga pichoqlar solingan konvertni va uni oʻldirish bilan tahdid qilgan xatni bergan[7].

2014-yil may oyida Kan musiqiy va aktyorlik faoliyatini rivojlantirish uchun Mako Amusement bilan shartnoma imzolagan[8][9].

Manbalar tahrir

  1. „Biography: Baby Vox“. Allmusic. Qaraldi: 22-may 2010-yil.
  2. 2,0 2,1 JpopAsia. „Baby V.O.X - JpopAsia“. JpopAsia.
  3. „KBS WORLD Radio“. world.kbs.co.kr. 2010-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  4. „Perfect People: Baby V.O.X“.
  5. „'안티팬'이 부른 연예인 테러…과도한 집착이 보여준 단면“. 네이트뉴스.
  6. „[SC 페이퍼진 연예인과 스토커“]. 네이트뉴스.
  7. „Korean celebrities fear for their safety“. 2010-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-iyul.
  8. „Korea Economic Daily“ (ko). Korea Economic Daily (2014-yil 14-may). 2014-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
  9. „Kan Mi-youn's Artist Profile on Mako“ (ko). Mako Amusement. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.

Havolalar tahrir