Kan San Un
Kan San Un, Kan San-Un varianti ham bor, (1915-yil 4-oktyabr, Suchan volosti, Olgin uezdi, Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi – 1970-yil noyabr) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Dmitrov nomidagi kolxoz raisi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Kan San Un | |
---|---|
Tavalludi |
4-oktyabr 1915-yil Suchan volosti, Olgin uezdi, Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti | 1970-yil noyabr |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Qiziloʻrda qishloq xoʻjaligi texnikumi |
Kasbi | kolxoz raisi, agronom |
Mukofotlari |
|
Tarjimai holi
tahrir1915-yilda Primorsk viloyatining Olgin uezdidagi dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. Olti yoshida yetim qolib, qarindoshlari qoʻlida tarbiyalanadi. 1932-yil Voroshilov tumani Putsilovka qishlogʻidagi (hozirgi Ussuriysk shahar okrugi tarkibiga kiradi) yetti yillik maktabni tamomlaydi. Shundan soʻng Olgin tumanidagi „Severniy mayak“ (oʻzbekcha: Shimoliy mayoq) kolxozida mehnat qiladi (1933—1935-yillar)[2].
1937-yilda Qozogʻiston SSR Qiziloʻrda viloyatiga deportatsiya qilinadi[1]. 1939-yil Qiziloʻrda qishloq xoʻjaligi texnikumini tamomlaydi. 1939-yildan boshlab Toshkent viloyati Kalinin tumanidagi boshlangʻich maktabda dars beradi. 1940-yilda Quyi Chirchiq tumani Dimitrov nomli kolxozning kotibi sifatida ishlaydi. Shundan keyin Quyi Chirchiq tumani 2-MTSda mahalliy agronom boʻlib ishlagan (1941—1946-yillar). 1947-yil VKP (b) safiga qabul qilinadi[2].
1946-yil mart oyidan nafaqaga chiqqunga qadar – Quyi Chirchiq tumani Dimitrov nomidagi kolxozda hisobchi, dala fermeri, brigadir, agronom sifatida mehnat qilgan. 1950-yilda Dimitrov nomidagi kolxozda ilgʻor agrotexnik usullarni qoʻllagan agronom Kan Sanning Un mehnati tufayli 398 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 76,1 sentnerdan yashil kanop poyasi yetishtirildi[2]. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan Lenin ordeni (tartib raqami 143510) va O‘roq va Bolg‘a oltin medali (tartib raqami 5942) hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[3].
1968-yil yanvardan boshlab Ittifoq ahamiyatiga ega nafaqaxoʻr. 1970-yil noyabrda vafot etgan. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani sobiq Dimitrov nomli kolxozning qabristoniga dafn etilgan[1].
Olgan mukofotlari
tahrir- Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
- Lenin ordeni;
- „1941—1945-yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali;
Adabiyotlar
tahrir- Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
- Z. V., Pan N. G. Geroi Sotsialisticheskogo Truda – kazaxstansi, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
- Men D. V., Kvon L. A., Kim, Sovetskie koreysi Kazaxstana, Almati, 1992
- Kim P. G., Koreysi Respubliki Uzbekistan, Tashkent: Uzbekiston. 1993
- Kan G. V., Istoriya koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
- Kim G. N., Men D. V., Istoriya i kultura koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
- Kim B. I., Koreysi Uzbekistana. Kto est kto, Tashkent, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Кан Сан Ун“ (ru). warheroes.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 German Kim, Video-Ensiklopediya koryo saram. Geroy Sotsialisticheskogo truda Kan San Un
- ↑ Шин Д. В.. Советские корейцы Герои Социалистического труда. Olmaota: Service Press, 2019.