Qiziloʻrda (viloyat)
Qiziloʻrda viloyati - Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 226 ming km2. Aholisi 712,992 kishi (2012), asosan, qozoqlar, shuningdek, ruslar (asosan, shaharlarda), koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 63%. Qiziloʻrda viloyati 6 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 3 shahar, 10 shaharcha bor. Markazi — Qiziloʻrda shahri. Yirik shaharlari: Qiziloʻrda, Aralsk, Gʻazali.
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Qiziloʻrda | |
Asos solingan sanasi | 1938-yil | |
Akim | Kusherbayev Qirimbek Yeluovich | |
Aholi (2012) |
712 992[1] (4,1 % , (12-oʻrin) | |
Zichligi | 3,15 kishi./km² | |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 226 019 km² (8,3 %, 4-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 | |
Telefon kodi | +7 7242 xx-xx-xx | |
Pochta indeksi | 12 xxxx | |
Avtomobil raqami kodi | N, 11 | |
Rasmiy sayti | http://www.e-kyzylorda.gov.kz/ | |
Xaritada | ||
45°0′0″N 64°0′0″E / 45.00000°N 64.00000°E |
Tabiati
tahrirViloyat Orol dengizidan sharqda Sirdaryoning quyi oqimida, asosan, Turon pasttekisligida (balandligi 50– 200 m) joylashgan. Sirdaryoning chap sohilida Qizilqumning qum tepalari; oʻng sohilida qirlar, uncha chuqur boʻlmagan soyliklar bor. Shimolda Kichik Boʻrsiq va Orol boʻyi Qoraqumi, chekka janubi-sharqda Qoratov tizmasining shimoli-gʻarbiy tarmoqlari (eng baland joyi 1419 m) joylashgan. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Iyulning oʻrtacha harorati shimoli-gʻarbida 25,9 °C, janubi-sharqida 28,2 °C, yanvarniki shimoli-gʻarbida — 3,5 °C, janubi-sharqida —19,8 °C. Yillik yogʻin 175 mm. Vegetatsiya davri 198 kun. Qiziloʻrda viloyati hududiga Orol dengizining shimoli-sharqiy yarmi kiradi. Yagona yirik daryosi — Sirdaryo. Shoʻr suvli koʻl koʻp. Qumlarda shuvoq-betaga, shoʻra, bahorda esa efemer oʻsimliklar; pastliklarda astragal, juzgʻun oʻsadi. Oq saksovul, yulgʻun, teresken, biyurgʻun, shuvoq qumlarni shamolda uchishiga yoʻl qoʻymaydi. Sirdaryo qayirida allyuvial oʻtloq, shoʻrlangan tuproqlarda oʻtloq oʻsimliklar, toʻqayzor va butazorlar, delta va qirgʻoq boʻylarida qamishzorlar bor. Choʻlda yirtqichlar va tuyoqli hayvonlar, shuningdek, kemiruvchilar, qushlar uchraydi. Sirdaryo deltasida ondatra iqlimlashtirilgan. Orol dengizi, Sirdaryo va mayda koʻllarda turli baliqlar bor. Borsakelmas orolida qoʻriqxona (saygʻoq, jayran, qulon) mavjud.
Aholisi
tahrirViloyatning aksar qismini qozoqlar tashkil qiladi.
Aholi soni 1989-yil |
% | Aholi soni 1999-yil |
% | Aholi soni 2010-yil |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
barchasi | 574464 | 100,00 % | 596215 | 100,00 % | 689749 | 100,00 % |
Qozoqlar | 504126 | 87,76 % | 561630 | 94,20 % | 659906 | 95,67 % |
Ruslar | 37960 | 6,61 % | 17155 | 2,88 % | 13952 | 2,02 % |
Koreyslar | 12047 | 2,10 % | 8982 | 1,51 % | 8100 | 1,17 % |
Tatarlar | 4538 | 0,79 % | 2309 | 0,39 % | 1873 | 0,27 % |
Turklar | 821 | 0,14 % | 284 | 0,05 % | 1145 | 0,17 % |
Oʻzbeklar | 1752 | 0,30 % | 1051 | 0,18 % | 1074 | 0,16 % |
Chechenlar | 1475 | 0,26 % | 742 | 0,12 % | 733 | 0,11 % |
Ukrainlar | 3139 | 0,55 % | 844 | 0,14 % | 564 | 0,08 % |
Ozarbayjonlar | 262 | 0,05 % | 187 | 0,03 % | 245 | 0,04 % |
Boshqurtlar | 524 | 0,09 % | 204 | 0,03 % | 197 | 0,03 % |
Olmonlar | 1960 | 0,34 % | 376 | 0,06 % | 203 | 0,03 % |
boshqalar | 5860 | 1,64 % | 2451 | 0,83 % | 1757 | 0,25 % |
Hududiy boʻlinishi
tahrirViloyatda 7 tuman bor
- Orol tumani, markazi — Aralsk
- Qazali tumani, markazi — Aytike Biy qishlogi
- Qarmaqshi tumani, markazi — Josali qishlogʻi
- Jalagʻash tumani, markazi — Jalagʻash qishlogi
- Sirdaryo tumani, markazi — Terenoʻzek qishlogʻi
- Shiyeli tumani, markazi — Shiyeli qishlogʻi
- Janaqoʻrgʻon tumani, makazi — Janaqoʻrgʻon qishlogʻi
Qishloq xoʻjaligi
tahrirQishloq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va baliqni qayta ishlash bilan bogʻliq oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari bor. Asosan, obikor dehqonchilik va yaylov chorvachiligi rivojlangan. Viloyatda sholikorlik, qoʻychilik, shuningdek, baliqchilik va baliqni qayta ishlash salmoqli oʻrin tutadi.
Sanoati
tahrirSanoatining asosiy tarmogʻi — oziq-ovqat sanoati (baliq, sholi oqlash, araq, pivo zavodlari, goʻsht, sut va non, uysozlik kombinatlari, tegirmon). Sellyuloza-karton kombinati, poyabzal, trikotaj, mebel va tikuvchilik fabrikalari bor. Metallsozlik, kimyo va qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Deyarli hamma korxonalar Qiziloʻrda shahrida. Pichanzor va yaylovlar bor, yem-xashak ekinlari ham ekiladi. Chorvachilikda, asosan, qorakoʻlchilik (90% qorakoʻl qoʻylari), shuningdek, mayin junli qoʻychilik, oz miqdorda goʻsht-sut chorvachiligi rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki, yilqi, tuya, parranda, choʻchqa boqiladi. Temir yoʻl uzunligi 763 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 1223 km. Pedagogika instituti, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi, drama t-atri bor.
Manbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-17
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-25
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |