Kanberra stadioni
Kanberra stadioni (ing: Canberra Stadium) Avstraliya poytaxti Kanberrada joylashgan koʻp maqsadli stadiondir, stadion shuningdek, homiylik sabablar tufayli GIO stadion Kanberra (ing: GIO Stadium Canberra) ham deb ataladi. Stadionda regbi, futbol musobaqalari oʻtkaziladi.
Sobiq nom(lar)i | Kanberra stadioni, Bruce stadioni, Milliy atletika stadioni |
---|---|
Joyi | Kanberra, Avstraliya |
Koordinatalari | 35°15′0″S 149°6′10″E / 35.25000°S 149.10278°E |
Qachon ochilgan | 1977 |
Egasi | Avstraliya sport komissiyasi |
Yuzasi | Chim |
Meʼmor | Phillip Cox & Partners |
Hajmi | 25,011[1] |
Maydon egalari | |
Canberra Raiders (regbi) (1990–hozir) Brumbies (regbi) (1996–hozir) Canberra City SC (futbol) (1977–1986) Canberra Cosmos (futbol) (1995–2001) Canberra Bushrangers (beysbol) (1993–1995) AFC Osiyo kubogi 2015 | |
Vebsayt | |
giostadiumcanberra.com.au |
Tarixi
tahrirStadion 1977-yilda Tinch okeani davlatlari oʻrtasidagi konferentsiya oʻyinlari uchun qurilgan, shuningdek, ushbu stadion yengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan 4-jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan. 1980-yillarning oxirlariga kelib stadiondagi yugurish yoʻlagi olib tashlandi. Yugurish yoʻlaklarining koʻchirilishining asosiy sababi, Avstraliya futboli musobaqalari oʻtkaziladigan boʻldi. stadiondan 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlari musobaqalarida ham foydalanilgan. Stadion oʻrtasiga kriket chimi yotqizilib kriket musobaqalari ham oʻtkazilib turilgan.
Egalik
tahrirStadion ayni damda Avstraliya Sportlar Komissiyasi orqali Avstraliya hukumati egalik qiladi va Avstraliya Poytaxt Territoriyasi Hukumati tomonidan ijaraga beriladi. 2010-yilda ijara muddati tugaganligi tufayli hozirda Avstraliya Poytaxt Territoriyasi Hukumati stadionga yangi ega qidiradi.
Oʻrindiqlar va stadion sigʻimi
tahrirStadionning nominal hajmi 25,011 kishiga moʻljallangan, eng koʻp tomoshabin 2004-yildagi regbi oʻyicha Super 12 finalida kirgan, oʻshanda 28,753 tomoshabin stadionga tashrif buyurgan edi.
Tomoshabinlar rekord soni
tahrirRegbi ittifoqi
- 28,753 - Super 12 Final 2014, ACT Brumbies va Canterbury Crusaders
Regbi ligasi
- 26,476 - NRL mavsumi 2010 yarim fianli, Canberra Raiders - Wests Tigers[2]
- 25,628 - Anzac Test 2013, Avstraliya va Yangi Zelandiya
- 25,253 - NSWRL mavsumi 1994, Canberra Raiders va Western Suburbs Magpies
Futbol
- 24,800 - 2000-yilgi Olimpiya futboli, Avstraliya - Germaniya
- 24,800 - 2000-yilgi Olimpiya futboli, AQSh - CZE Chexiya
- 20,032 - Osiyo kubogi sarlash bosqichi, Avstraliya vs Kuvayt
Avstraliya futboli
- 11,282 - AFL mavsumi 1995, AFL Fit va AFL WCE
AFC Osiyo kubogi 2015
tahrirSana | Vaqt (UTC+11) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Round | Tomoshabin |
---|---|---|---|---|---|---|
10-yanvar, 2015 | 16:00 | Janubiy Koreya | 1–0 | Ummon | A guruhi | 12,552 |
11-yanvar, 2015 | 18:00 | Birlashgan Arab Amirliklari | 4–1 | Qatar | A guruhi | 5,513 |
13-yanvar, 2015 | 18:00 | Kuvayt | 0-1 | Janubiy Koreya | A guruhi | 8,795 |
15-yanvar, 2015 | 18:00 | Bahrayn | 1-2 | Birlashgan Arab Amirliklari | C guruhi | 7,925 |
18-yanvar, 2015 | 20:00 | Xitoy | 2-1 | Shimoliy Koreya | B guruhi | 18,457 |
20-yanvar, 2015 | 18:00 | Iroq | 2-0 | Falastin | D guruhi | 10,235 |
23-yanvar, 2015 | 17:30 | Eron | 3-3 (qarangv) (penaltilar: 6-7) | Iroq | Chorak finali | 18,921 |