Kange — Shim. Koreyadagi shahar, Tonnagan daryosi sohilida. Chagando provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 210 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Transport yoʻllari tuguni. Taxta tilish va yogʻochsozlik, mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. K. yaqinida grafit, toshkoʻmir, mis va b. foydali qazilma konlari topilgan. GES qurilgan. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil