Kankuayot (baʼzi dialektlarda — kankoyot), (fransuzcha: Cancoillotte yoki fransuzcha: Cancoyotte) suyuq fransuz pishlogʻi boʻlib, asosan Franshe-Konte, shuningdek Lotaringiya va Lyuksemburgda ham ishlab chiqariladi. U yerda u Kachkéis deb ham ataladi. Fransh-Kontening anʼanaviy taomlarida pishloq juda keng tarqalgan va yil davomida isteʼmol qilinadi[1].

Tarixi

tahrir

Bu pishloqning kelib chiqishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Baʼzi manbalarga koʻra, uning yoshi bir necha ming yillar boʻlishi mumkin. Boshqa manbalar uning oʻrta asrlarda yoki XVI asrda paydo boʻlganini koʻrsatadi[1]. Bu nom XIX asrdan beri tasdiqlangan va "caillot " (caillotte) soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „laxta“ degan maʼnoni anglatadi[2].

Tayyorlanishi

tahrir

Kankuayot metton pishlogʻidan tayyorlanadi. Metton donalari oz miqdordagi suv yoki sut bilan aralashtiriladi, yogʻ va tuz qoʻshiladi va past olovda isitiladi[3]. Mazkur pishloq nonga surtilib sovuq yoki issiq isteʼmol qilinadi. Yoki boʻlmasa, sabzavot yoki goʻsht bilan taqdim etiladi[3]. Lyuksemburgda Kachkéis xantal bilan birga ochiq sendvichga surtiladi.

Kankuayot eritilgan holda, 200 grammlik paketlarda sotuvga chiqariladi. Yaqinda uning sharob, zira va boshqa qoʻshimchalar bilan tayyorlangan tijorat versiyalari paydo boʻldi. Shuningdek, baʼzan sarimsoq ham qoʻshiladi.

Eritilgan mettondan suv qoʻshilgan holda tayyorlangan kankuayot deyarli yogʻsiz boʻlib, kaloriyasi juda past[4] va koʻp miqdorda kalsiyga ega. Tijoriy versiyalari yogʻli va kaloriyaga boydir. Chunki ularga pishloqni yumshoqroq va shirin qilish uchun sariyogʻ, shuningdek, pishloqning saqlash muddatini uzaytirish uchun konservantlar ham qoʻshiladi. Bundan tashqari, eritilgan mettondan tayyorlangan kankuayot va sotuvda mavjud boʻlgan kankuyot tuzilishi jihatidan farq qiladi. Eritilgan metton juda yopishqoq.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Сancoillotte.net.
  2. CNRTL
  3. 3,0 3,1 Французские сыры: иллюстрированная энциклопедия 2003.
  4. Petit Futé 2006.

Adabiyotlar

tahrir
  • Masui K., Yamada T. Fransuzskie siri : illyustrirovannaya ensiklopediya = [French Cheeses] / Kazuko Masui, Tomoko Yamada; vstup. sl. J. Robyushon; per. s angl.: S. Sapronov; foto Y. Maruyama. — SPb. : Izd. dom „Neva“, 2003. — S. 67. — (A Dorling Kindersley Book). — ISBN 5-7654-2333-7.
  • Le Grand Larousse gastronomique. Larousse, 2007 — 155-bet. ISBN 978-2-03-582360-1. 
  • D. Auzias.. Franche-Comté, Jura, P., 2006. ISBN 2746916568. 
  • Jean-Marie Garnier, La Haute-Saône culinaire
  • Evan Jones, The World of Cheese

Havolalar

tahrir