Kannibalizm - hayvonlarda oʻz turi individlarini yeyish hodisasi; tur ichidagi yirtqichlik. 1300 dan ortiq tur hayvonlarda aniqlangan. K., odatda, noqulay sharoitda, populyasiyalar zichlashib ketganida, oziq yoki suv yetishmaganda roʻy beradi. Urgʻochi hayvonlar erkaklariga nisbatan K.ga moyil boʻladi. Un qoʻngʻizi (Fenebrio) juda koʻpayib ketganida oʻz tuxumlarini yeb, populyasiyadagi individlar soni keskin oshib ketishining oldini oladi. K. evolyusiya jarayonida tur uchun foydali moslanish tariqasida kelib chiqqan. Mac., qoraqurt va beshiktervatarlarning urgʻochisi otalanishdan soʻng erkagini yeb qoʻyadi. Amerika salamandri ochiqqanida oʻzi qoʻriqlayotgan tuxumlardan bir qismini yeb qoʻyadi. Ayrim yaydoqchilarning parazit lichinkasi xoʻjayini tanasidagi oʻz inilarini yeydi, chunki oziq faqat bitta parazit uchun yetadi. Ayrim yirtqich baliqlar yosh baliqchalarni yeyishi bilan oziq uchun raqobatni kamaytiradi. K. kemiruvchilar, koʻpchilik yirtqich hayvonlar, primatlar va b. orasida ham uchraydi. Shunday qilib, K. populyasiyadagi individlar sonini oziq resurslariga moslashtirib turadigan, turning yashab qolishiga imkon beradigan moslanishdan iborat.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil