Antiox Kantemir
(Kantemir Antiox Dmitriyevichdan yoʻnaltirildi)
Antiox Dmitriyevich Kantemir (1708-yil 10-sentyabr, Konstantinopol – 1744-yil 31-mart, Parij) – rus shoiri va diplomati. 18-asr rus klassitsizmi va yangi hajviy sheʼriyatining asoschilaridan biri. Peterburgda taʼlim olgan. 1732 yildan Buyuk Britaniyada, 1738—1744 yillarda Fransiyada elchi boʻlib ishlagan. Dastlabki ijodini tarjimadan boshlagan. 1729 – 31 yillardagi hajviy sheʼrlarida Petr I islohotlarini himoya qilgan. Kantemir qasidalar, maktublar, masallar, dostonlar („Petrida“), falsafiy va estetik traktatlar („Tabiat va inson haqida“, 1742 va boshqalar) yozgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |