Kanuri (oʻzlarini beri-beri, aga deb ataydilar) — xalq. Asosan, Nigeriyada (5,1 mln. kishi), shuningdek, Niger, Chad, Kamerunda yashaydi. Umumiy soni 6 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kanuri tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. K.larning ajdodlari qadimdan Chad koʻli atrofidagi hududlarda yashashgan. Sugʻorma dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil