Kanzas-siti
(Kanzas-Sitidan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kanzas-siti - AQShning markaziy qismidagi shahar, Missuri shtatida, Kanzas daryosining Missuri daryosiga quyilish yerida. Aholisi 441,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xo'jaligi rayonining muhim savdo markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — oziqovqat, metallsozlik. Poʻlat quyish, mashinasozlik, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor. Shaharga 19-asrda asos solingan. Amalda K.-S. Kanzas shtatidagi xuddi shunday nomlanuvchi shahar bilan birlashib ketib, 1,5 mln.dan ortiq aholiga ega boʻlgan aglomeratsiyani tashkil etadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |