Kanzas — AQShdagi daryo, Missuri daryosining oʻng irmogʻi. Qoyali togʻlarning togʻ oldi platolaridan boshlanuvchi Smoki-Xill va Repablikan daryolari qoʻshilishidan yuzaga keladi. Uzunligi 278 km (Repablikan daryosi bilan birga 1200 km chamasida), havzasining mayd. 158,8 ming km2. Yuqori va Markaziy tekisliklardan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 225 m3/sek. Bahor oylarida toshadi. Sugʻorishda foydalaniladi. K. buyida Topika, Kanzas-Siti (quyilish joyida) sh.lari joylashgan[1]

Kanzas
Tavsif
Uzunligi 238
Suv sarfi 207 m³/s
Joylashuvi
Davlat AQSh
Kanzas (daryo)

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil