Kap-aityen — Gaitidagi shahar, Atlantika okeani sohilida. Aholisi 100,6 ming kishi (1995). T.-yil stansiyasi. Dengiz porti (chetga kofe, shakarqand, xoʻl meva chiqaradi). K- x- rayoni markazi (sizal, shakarqamish, kofe, kakao, banan, tamaki va b.). Kofe, kakao, shakarqamishni qayta ishlovchi korxonalar mavjud. K.-A. yaqinida mis konlari bor. Shaharga 1670-yilda asos solingan. Mustamlakachilik davrida Kap-Franse deb atalib, San-Domingo fransuz mustamlakasining maʼmuriy markazi boʻlgan. 1807—20-yillarda "Gaiti davlati" poytaxti edi. Shahar atrofida oʻsha davrlarga oid tarixiy yodgorliklardan La-Faryer qalasi krldiqlari va SanSusi saroyi saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil