Karakatitsa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karakatitsa (Sepia) — oʻn oyoqlilar turkumiga mansub boshoyoqli mollyuskalar urugʻi. Tanasi choʻziq, uz. 8,3 mm dan 50 sm gacha, vazni 10–12 kg gacha. Ikki yonida jiyaksimon soʻrgʻichlari bor. Paypaslagichlari 10 ta, ularning ikkitasi boshqasiga nisbatan uzun, uchki qismi kengaygan boʻlib, oʻljani tutish uchun xizmat qiladi. Chap qorin paypaslagichi gektakotillashgan. Bu paypaslagichi yordamida erkagi oʻzining spermatoforalarini urgʻochisining mantiya boʻshligʻiga kiritadi. Chigʻanogʻi tanasining orqa tomonida mantiyasi ostida joylashgan. Xavf tugʻilganda siyox. xaltachasidan chiqadigan qora suyuqlik (sepiya) yordamida suvni loyqalatib dushmanini chalgʻitadi. Tuxumlarini suv ostida oʻsimliklarga bittadan yoki bir nechtadan yopishtirib qoʻyadi. K. suv tubida hayot kechiradi, tanasining rangini atrofidagi narsalarga mos qilib oʻzgartirish xususiyatiga ega. K. tropik va iliq suvli dengizlarda 200 m gacha chuqurlikda tarqalgan. K.ning 90 ga yaqin turi maʼlum. Goʻshti isteʼmol qilinadi; siyohi qimmatbaxr boʻyoq sifatida, chigʻanogʻi qoldigʻi metall va yogʻochdan ishlangan buyumlarga sayqal berishda, atir-upa sanoatida va tibbiyotda dorivor modda sifatida qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |