Karantin begona oʻsimliklar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Karantin begona oʻsimliklar — qishloq xoʻjaligi uchun oʻta xavfli, muayyan hududda uchramaydigan yoki kam tarqalgan begona oʻsimliklar. Bu oʻsimliklar ekinlar hosilini kamaytiradi, ularning ayrim turlari kishilarga va chorva mollariga katta ziyon keltiradi. Q.x.ni begona oʻsimliklarning kirib qolishi va tarqalishidan muhofaza qilish uchun koʻpgina davlatlarda maxsus qonunlar (Oʻzbekistonda „Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida“ qonun 1995-yil 31-avgustda) qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchramaydigan va karantin tadbirlari qoʻllanadigan.via xavfli begona oʻsimliklarTikanli ituzum — Chiziqbargli ituzum — Karolina ituzumi — Uch gulli ituzum — Amerika sassiq kakrasi — Kaliforniya kungaboqari — Kiprikli kungaboqar — Barg bandli kungaboqar — Tukli kungaboqar — Strigalar — Uch boʻlakli ambroziya — Kup yillik ambroziya — Kam gulli senxrus (lantarsimon)— Qatgiq tukli tikanmeva — Hind eshinomensi — Virginiya eshinomensi — Bidens bipinata — Gʻarb kassiyasi — Tora kassiyasi — Toʻpgulli kroton — Joʻvasimon diodiya — Janubiy emeks — Tikanli emeks — Hoshiyali sutli oʻt — Arrasimon sutli oʻt — Pechaksimon ipomeya — Yuraksimon bargli jakament oʻti — Pensilvaniya suv murchi — Raymoniya suv murchi — Sesbaniya makrokarpa — Mayda dukkakli sesbaniya — Burchakbargli qovoqsimon oʻt — Tikanli sida —Oʻzbekiston hududida kam tarqalgan karantin begona oʻsimliklarZarpechaklar Kakra (pushtirang) Shuvoqbargli ambroziyaCuscuta sp.sp. Acroptilan repens D. L. Ambrosia artimisifolia L.
Mamlakatda uchramaydigan K.b.oʻ. ga qarshi tashqi K. tadbir-choralari koʻriladi, jumladan, chet eldan keltiriladigan barcha oʻsimliklar, urugʻlar, turli bagajlar va yuklar, shuningdek, ichki K.ga olingan tuman va xoʻjaliklardan keltiriladigan yuklar, albatta, tekshiruvdan oʻtkaziladi.
K.b.oʻ. ga umumiy (qarang Begona oʻtlar), shuningdek, maxsus qarshi kurash choralari qoʻllanadi: urugʻlik xoʻjaliklarda urugʻlik uchastkalar uchun begona oʻtlari yoʻq, toza yerlar ajratiladi; K.b.oʻ. oʻsgan uchastkalarda esa, ularni gullagunga qadar yoʻqotish uchun maxsus agrotexnik, mexanik yoki kimyoviy tadbirlar amalga oshiriladi; K.b.oʻ. urugʻi aralashgan urugʻlik material alohida binolarda saqlanadi va tozalanadi; xoʻjalik uchun yaroqsiz oʻsimlik qoldiqlari yoʻq qilibtashlanadi; K.b.oʻ. urugʻi aralashgan urugʻlik materiallarini viloyat doirasida tashish Davlat urugʻlik nazorati inspeksiyasidan, chetga chiqarish uchun esa qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari karantini boʻyicha Davlat inspeksiyasidan berilgan maxsus ruxsatnoma bilangina amalga oshiriladi[1].
Respublikada uchramaydigan terli karantin manbaalar mavjud. Qoʻshni davlatlardan kirib qolishi mumkin boʻlgan zararli organizmlar mavjud. Karantin 3 toifaga boʻlinadi:
- 1. Karantin kasalliklari
- 2. Karantin begona oʻtlari
- 3. Karantin zararkunandalari
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |