Karbonatli tuproklar - ustki chirindili katlamida kalsiy va magniyning karbonatli tuzlari boʻlgan tuproqlar. Bunday tuzlar ohaqtoshli, mergelli va lyossli yotqiziqlarning ustida hosil boʻlgan tuproqlarda koʻp. K.t. qaynash xususiyatiga ega (k,. Tuproq qaynashi). Tuprokdagi karbonatlar paydo boʻlishiga koʻra, birlamchi (jinsli yoki qoldiq karbonatlari) va ikkilamchi (tuproq hosil boʻlishida vujudga kelgan karbonatlar) boʻlishi mumkin.

K.t. Oʻzbekistonning sugʻorma dehqonchilik zonalarida keng tarqalgan; koʻpchilik qishloq xoʻjaligi ekinlarining rivoji uchun qulay muhitga ega.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil